G‘azo sektorida 18 martdan buyon 2151 falastinlik halok bo‘ldi, deb yozdi “Irna news” agentligi.
Sog‘liqni saqlash idorasi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 51 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 115 kishi jarohatlangan. Urushning jami qurbonlari soni esa 52 243 nafarga yetgan.
XAMAS va Isroil 19 yanvar kuni sulh bitimini tuzishga qaror qilishdi, biroq Tel-Aviv ikki oydan so‘ng guruhni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi birinchi bosqichini uzaytirishga majburlash uchun urushni davom ettirdi.