O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “So‘z va matbuot erkinligini ta’minlashda xalqaro reytinglarning o‘rni: tajriba va tahlil” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda “Xalqaro so‘z va matbuot erkinligi reytinglarini O‘zbekistonga ta’siri: ilmiy yondashuvlar tahlili”, “Parlament faoliyati ochiqligining so‘z va matbuot erkinligi reytinglaridagi o‘rni”, “O‘zbekistonda internet erkinligi va mavjud muammolar tahlili”, “Sun’iy intellektdan foydalanish va axborot etikasi masalalari” ko‘rib chiqildi.
Mazkur konferensiya 2023 yil noyabr oyidan beri O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida amalga oshirilayotgan “Xalqaro matbuot erkinligi reytinglarida O‘zbekiston mavqeini ko‘tarishning milliy konsepsiyasini yaratish” ilmiy-amaliy loyihasi doirasida tashkil etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cf_9cDE_aLY" title="O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro indekslardagi o‘rnini mustahkamlamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, O‘zA