Munosabat

O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlarga erishish, mamlakat taraqqiyotini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, Uchinchi Renessans uchun sharoitlar yaratish uchun tub islohotlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev islohotlar yo‘lidagi asosiy to‘siq korrupsiya ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Korrupsiya barqaror rivojlanish, milliy xavfsizlikka jiddiy xavf solib, davlatga, qabul qilinayotgan qonun va olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi.

Shu bois O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning barcha darajalardagi sabablarini bartaraf etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 21 apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada  navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. 

Ushbu hujjat Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur tuzilma korrupsiya holatlarining sabablarini bartaraf etishga qaratilgan profilaktik choralarni ishlab chiqish va qabul qilish, jumladan, korrupsiyaga qarshi to‘siq bo‘lib xizmat qiladigan, OAV orqali korrupsiya muammolarini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan shaffof va ochiq muhitni shakllantirish bilan shug‘ullanadi. 

2017 yildan buyon rasman amal qilib kelayotgan tartibning qayta tashkil etilishi muhim qarorlardan biri bo‘ldi. Unga ko‘ra, tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shakllantirilib, ularga hokimiyat, prokuratura, ichki ishlar organlari, soliq xizmati rahbarlari mas’ul etib belgilangan edi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaroriga muvofiq sektor tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining ko‘maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi hisoblangan. 

 Prezidentimizning shu yil 21 apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan prokuratura, ichki ishlar organlari, soliq idoralari rahbarlari sektorlar faoliyati bo‘yicha yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi. Ularning o‘rniga sektorlar ishiga Bosh vazir o‘rinbosarlari va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari mas’ul etib belgilandi.

Shuningdek,  investitsiya loyihalarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan qamrab olinganlik darajasini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Davlat xaridlarini amalga oshirishda esa o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqanlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.  

Bundan tashqari, parlament organlarining roli ham kuchaytirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva rahbarligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash zimmasiga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng vakolatlar yuklatilmoqda. Oliy Majlisning har ikki palatasiga byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta vazirlik va idoralarda korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha har yili takliflar kiritish, vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartibni qonun hujjatlarida belgilash, xalqaro tajriba asosida kibermakon sohasidagi huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, “Jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida tegishli organlar faoliyati samaradorligini oshirish va normativ-huquqiy hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida mas’ul idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar har oyda korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p duch keladigan mahallalarga borib, bu hodisalarning sabablarini chuqur o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar rejasini ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur.

Parlament roli ortib borayotganini inobatga olgan holda siyosiy partiyalar ishtirokini kuchaytirish masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish “Adolat” partiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblab, yashirin iqtisodiyotga bu boradagi asosiy soha deb qaraydi. Partiya dasturida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida  noqonuniy iqtisodiy faoliyatni  monitoring qilish va unga chek qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi davlat nazorat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish zarurligi belgilangan. Ularning samaradorligi va shaffofligini oshirishga, texnik jihozlanishiga, jumladan, nazorat va tahlil qilish bo‘yicha raqamli vositalar  joriy etishga  alohida e’tibor qaratish lozim. 

Shu bilan birga, fuqarolarda  raqamli iqtisodiyotga oid asosiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy  tizim ishga tushiriladi. Bu nafaqat huquqiy va iqtisodiy madaniyat darajasini oshirishni, balki qonuniy  tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladigan o‘quv dasturlari, axborot kampaniyalari va raqamli savodxonlikni  rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. 

Bunday chora-tadbirlar davlat institutlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga, norasmiy iqtisodiy amaliyotlar darajasini kamaytirishga hamda fuqarolar va biznesni  qonuniylik, ochiqlik va imkoniyatlar tengligiga asoslangan  raqamli ekotizimga  faol jalb qilishga yordam berishi kerak. 

Bundan tashqari, “Adolat” partiyasi davlat byudjetiga kelib tushadigan barcha tushumlar alohida vazirlik va idoralar daromadlari tarkibiga kiritilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetiga yo‘naltirilishi tarafdori bo‘lib, davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, davlat mablag‘larining taqsimlanishi va sarflanishida shaffoflikni ta’minlash omili sifatida raqamli yechimlarni yanada kengroq joriy etish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Adolat” partiyasi katta miqdordagi zararni majburiy ravishda qoplashni nazarda tutgan holda korrupsiyaga nisbatan qat’iy qonunchilik normalarini joriy qilish, korrupsiyaning tub sabab va omillarini ildizi bilan yo‘q qilish uchun bu boradagi tadqiqotlarni kengaytirish, xorijga  noqonuniy  olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish va ularni ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltirish mexanizmlarini ishlab chiqish, ushbu sohadagi asosiy muvofiqlashtiruvchi tuzilma sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakolatlarini kengaytirish, yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish dunyoqarashini  shakllantirish, davlat xizmatchilarini rotatsiya qilish tizimini joriy qilish zarur, deb hisoblaydi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda korrupsiyani tubdan yo‘q qilish siyosati tizimli tusga ega bo‘lib, Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni  buning tasdig‘idir. Bu chora-tadbirlar davlat byudjeti mablag‘laridan noqonuniy foydalanish, kamomad, o‘g‘rilik kabi korrupsiya holatlariga mamlakatimizning izchil rivojlanishi yo‘lida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar sifatida qaraydigan mamlakatimizdagi barcha  siyosiy kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 Nodira RASHIDOVA,

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiya a’zosi,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurash – Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning zarur sharti