«Biznesni rivojlantirish banki» ATB tomonidan «Yashil» iste’mol kreditlari bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va resurs tejamkor uskunalardan foydalangan holda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va tadbirkorlik sub’ektlarini issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshiriladigan asosiy vazifalar ijrosi doirasida issiqlik ta’minoti sohasini isloh qilish, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda binolarda energiya yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar belgilangan.  

Mazkur moliya muassacasi tomonidan ajratiladigan «Yashil» iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya olish maqsadida yangi tahrirda «Yashil energiya» iste’mol kredit mahsulot pasporti ishlab chiqildi. 

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB mutaxassislari tomonidan «Yashil energiya» iste’mol krediti keng miqyosda targ‘ib qilinmoqda.

Jumladan, yakka tartibdagi aholi xonadonlarida energiya samaradorlik haqida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Ularga energiya samaradorlik davr talabi ekani va mablag‘larning iqtisod qilinishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi haqida tushuntirishlar berilmoqda. Mazkur kredit mahsulotidan foydalanib o‘z xonadonida energiya samaradorlikka erishgan fuqarolarning turmush tarzi boshqa mahallalarda yashovchi aholi vakillariga namuna sifatida ko‘rsatilmoqda.

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB tomonidan "Yashil energiya" iste’mol krediti bo‘yicha 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida 235 nafar mijozga 6 milliard 283 millon 490 ming so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Bank axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya samaradorlik – davr talabi