Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi. Shu jumladan, majlisda “Turkiy davlatlar tashkilotining Fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni (Bishkek, 2024 yil 6 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan turli sohalardagi hamkorligi kengayib bormoqda. Shu sababli Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning favqulodda vaziyatlar idoralari o‘rtasida ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash muhim o‘rin tutadi. 

Mazkur Bitim 2024 yil 6 noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida “Turkiy dunyoni kengaytirish: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik” shiori ostida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida ishlab chiqilgan. 

8 moddadan iborat ushbu Bitimda tashkilotga a’zo davlatlarning favqulodda vaziyatlar idoralari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tabiiy ofatlar vaqtida tezkor qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu sohadagi monitoring, tahlillar natijalarini hamda o‘zaro tajriba almashinuvini tizimlashtirish hamda o‘zaro yordam va hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish kabi masalalarning huquqiy asoslari va mexanizmlari belgilangan. 

Ushbu Bitim mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik choralarini yanada samarali tashkil qilishda, tabiiy ofatlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda davlatlararo hamjihatlik va hamkorlikka zamin bo‘ladi. 

Majlisda mazkur Bitimning ahamiyati e’tirof etilib, uni ratifikatsiya qilishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi. 

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi rivojlanadi