Bugun Toshkentda MDH Iqtisodiy kengashining 105-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda MDH Iqtisodiy kengashi rahbariyati va uning a’zolari hamda delegatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.  

Yig‘ilish avvalida MDH Iqtisodiy kengashi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov so‘zga chiqdi.  

Majlisni MDH Iqtisodiy kengashi raisi, Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Hokim Xoliqzoda ochib berdi va tadbirni olib bordi. Shundan so‘ng MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirdi.  

Majlis davomida MDHga a’zo davlatlarning iqtisodiy hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.  

Unda so‘zga chiqqanlarning  qayd etishicha, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mintaqaviy hamjihatlikni mustahkamlash va umumiy taraqqiyot yo‘lida o‘zaro muvofiqlashgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Yig‘ilishda muhokama qilingan va ma’qullangan hujjatlar, xususan, investitsiya muhitini yaxshilash va transport-logistika tizimlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan tashabbuslar, kelgusida iqtisodiy barqarorlik hamda raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.  

Tadbirda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda MDH doirasida o‘zaro investitsiyalarni jalb qilish va rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi tasdiqlandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, investitsiya muhitini yaxshilash, MDHga a’zo davlatlar iqtisodiyotiga o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish va investitsiyalarni jalb etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.  

[gallery-23069]

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Alisher Yo‘ldoshevning ma’lumot berishicha,  MDH Iqtisodiy kengashining majlisi O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazildi.  

– Odatda, mazkur tashkilotning tadbirlari Moskva shahrida tashkil etilar edi. Joriy yildan boshlab, MDHga a’zo davlatlarning tashabbuslari asosida ushbu yig‘ilishlarni turli mamlakatlarda o‘tkazish amaliyoti joriy etildi. O‘tgan yili MDH davlatlari rahbarlari yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 105-majlisni Toshkent shahrida o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi. Mazkur tashabbus doirasida bugungi yig‘ilish tashkil etildi. Majlis kun tartibiga MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga doir 20 ta dolzarb masala kiritildi va ular atroflicha ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida 19 ta muhim hujjat imzolandi. Aytish joizki, mazkur hujjatlar orasida investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi", shuningdek, hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan "Yo‘l xaritasi" ham mavjud. Bu hujjatlar O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqildi va mazkur yig‘ilishda imzolandi. Bundan tashqari, sanoat sohalarida, jumladan, to‘qimachilik va og‘ir mashinasozlik yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirishga oid hujjatlar ham muhokama qilindi. Ushbu hujjatlar joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda imzolanishi uchun ma’qullandi, – dedi  A.Yo‘ldoshev. 

Shuningdek, majlisda delegatsiyalar rahbarlari MDHga a’zo davlatlarning havo harakatini tashkil etish milliy tizimlarini uyg‘unlashtirish konsepsiyasi loyihasini ma’qulladi. Konsepsiya MDHga a’zo davlatlarning havo hududidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, xalqaro aeronavigatsiya uchun “shaffof” chegaralarni ta’minlash va havo hududidan foydalanuvchilarga yagona qoidalar hamda texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishdan kutilgan natija – fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligi, muntazamligi va tejamkorligini hamda havo harakatiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan iborat. Hujjat MDH Hukumat rahbarlari kengashi muhokamasiga kiritiladi.  

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Andrey Plutnitskiyning ta’kidlashicha,  mazkur tadbir MDH mamlakatlari o‘rtasida tibbiyot sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.  

– Bugungi majlisda sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning yangi konsepsiyasi muhokama qilindi.

Amaldagi konsepsiya 20 yildan buyon qo‘llanib kelinayotgani bois, uni tubdan qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj bor. Aytish kerakki, biz an’anaviy tarzda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Ammo bugungi kunda yangi rivojlanish yo‘nalishlari vujudga kelmoqda, xususan, telemeditsina, kimyoviy va biologik xavfsizlik masalalari, shuningdek, zamonaviy amaliyotlarni sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etish kabi muhim yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash zarur. Biz oldimizga qo‘ygan asosiy maqsad aholining hayoti va salomatligini muhofaza qilish, hamkor mamlakatlar fuqarolari uchun yanada farovon hayot sharoitini yaratishdir. Ishonamanki, bugun konsepsiyani bir ovozdan ma’qullash orqali qabul qilingan qaror do‘stona davlatlar aholisi manfaati yo‘lida yanada katta imkoniyatlar ochadi. Konsepsiyada har bir ixtisoslashgan yo‘nalish bo‘yicha yagona, biroq jadal joriy etish mexanizmlarini shakllantirish lozimligi ham aniq ko‘rsatilgan, –dedi A.Plutnitskiy.  

Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan 19 ta muhim hujjat imzolandi. Shundan so‘ng  MDH Iqtisodiy kengashi raisi Hokim Xoliqzoda va MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.  

Nasiba Ziyodullayeva, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH Iqtisodiy kengashining 105-majlisida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlovchi 19 ta muhim hujjat imzolandi