AQSHning yangi boj amaliyoti bilan bog‘liq hozirgi hatti-harakati o‘ta xudbinlik belgisi, buyuk davlatga xos bo‘lmagan holat, dedi XXRning BMTdagi doimiy vakili Chen Syuy “RIA Novosti” muxbiri bilan suhbatda.

– Agar AQSH o‘z muammosini hal qilish, ya’ni savdo kamomadi o‘rnini to‘ldirish istagida bo‘lsa, jiddiy va samimiy pozitsiya egallashi lozim, – degan mulozim. – Boshqacha aytganda, shamollagan kishi boshqalar davolanishini kutmasligi kerak. Bu ma’qul yondashuv emas, balki iqtisodiy bosimning bir ko‘rinishi. “Itoat qilishing kerak, muzokara uchun oldimga kel, imkon bo‘lsa, bo‘ysun” tarzida fikrlash global biznesda yordam bermaydi.

Ma’lumki, AQSH boshlagan “tarif o‘yini” natijasida Oq uy tomonidan Xitoy tovarlariga qo‘shimcha 125 foizlik boj belgilandi. Xitoy ham Amerika mahsulotlariga to‘lovni shu darajaga yetkazdi. Bundan tashqari sun’iy giyohvand moddalarga qarshi yetarli darajada kurashmaganlikda ayblanib, Xitoyga yana 20 foizlik qo‘shimcha tarif ham joriy qilingan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning BMTdagi elchisi: AQSHning boj siyosati – xudbinlik