Qirg‘izistonda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lining muhim qismi – eng uzun tunnel qurilishi boshlandi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ham qatnashdi. Suzoq tumanidan boshlanadigan 12 kilometrlik mazkur yer osti yo‘li Tog‘uz-Torov tumanigacha cho‘ziladi.
Uch davlat ishtirokidagi ushbu mega loyiha doirasida jami 46 ko‘prik, 27 tunnel barpo etiladi.
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2024 yil 27 dekabr kuni rasman boshlangan edi.

M.Sayfullayev, O‘zA