Prezident Vladimir Putin Shimoliy Koreya askarlari Rossiya tomonida turib jangda ishtirok etayotganini ilk bor tan oldi, deb yozdi CNN.

Moskva Kurskni butunlay qaytarib olganini da’vo qilganidan ikki kun o‘tib, berilgan bayonotda shunday deyilgan:

– Koreyalik do‘stlarimiz birdamlik, adolat va samimiy yaqinlik tuyg‘usi bilan harakat qilishdi. Biz bilan yelkama-yelka vatanimizni o‘z yurtidek himoya qilgan askarlarning qahramonligi, yuqori darajadagi maxsus tayyorgarligi va fidoyiligiga hurmat bajo keltiramiz.

Ukraina rasmiylari va G‘arb razvedka xizmati tomonidan avvalroq 12 000 ga yaqin KXDR harbiy xodim RFga jo‘natilgani ta’kidlangan edi. Ushbu xabarga qo‘shimcha ravishda mart oyida Janubiy Koreya harbiylari yana 3000 Shimoliy Koreya askari, shuningdek juda ko‘p miqdorda qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketa, yuzlab dona 170 millimetrlik o‘zi yurar qurilmalar, 240 millimetrli raketa majmuasi otish moslamasi yuborilganini ma’lum qildi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin Shimoliy Koreyadan minnatdor