Bosh vazir Mark Karni boshchiligidagi Kanada Liberal partiyasi AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatga nisbatan keskin savdo tarifi joriy qilgan bir paytda federal saylovlarda g‘alaba qozondi.
CNN yozishicha, Konservativ muxolifat yetakchisi Per Poilevre mag‘lubiyatini tan olib, Karni ozchilik hukumatini shakllantirish uchun yetarli o‘rin qo‘lga kiritganini aytdi.
Sobiq markaziy bankir, 60 yoshli Karni o‘tgan oy hukumatning sobiq boshlig‘i Jastin Tryudo iste’foga chiqqach, partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib chiqdi. Shundan buyon u Trampga qarshi kayfiyat to‘lqinini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Xususan, AQSH yetakchisining mamlakatni 51-shtat sifatida qo‘shib olish haqidagi tahdidiga qarshi jamoatchilikni birlashtirmoqda.
– Men Kanadani zaiflashtirish, bizga egalik qilish, davlatimizni sindirishga qaratilgan har qanday urinishni rad etaman, – dedi Karni.
Tryudo yanvar oyida og‘ir sinov, jiddiy turmush inqirozi va mahkamasidagi ichki qo‘zg‘olon tufayli iste’foga chiqishini e’lon qildi. O‘shanda Poilevre ham saylovda g‘alaba qozonish uchun harakatni boshlagan edi. Binobarin, Tramp Kanada mahsulotlariga qo‘shimcha boj belgilashi, mamlakat suverenitetiga tahdid poygasini boshlashi unga qarshi referendumga aylandi.
Musulmon Ziyo, O‘zA