Senat yalpi majlisida muhim o‘rganishlar, tahlillar, sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarimizni davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, hududlarga alohida e’tibor qaratgan holda yangi bosqichga olib chiqmoqdamiz, – dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. – Oliy Majlis palatalarining mas’ul qo‘mitalari raislari boshchiligidagi alohida ishchi guruhlar hududlarda bo‘lib, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalarida chuqur o‘rganishlar olib bormoqda. 

O‘rganish natijalari hududning o‘zida muhokama qilinmoqda. Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 28 mart kungi sayyor majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi. Kamchiliklar ochiq-oydin aytildi. Ayrim (20 nafardan ziyod) mas’ullarning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi bo‘yicha xulosa va takliflar berildi. Bu borada tegishli choralar ko‘riladi. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar, jumladan, To‘rtko‘l tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

Hozirda Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokamasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mazkur yo‘nalishda maqsadimiz aniq va qat’iy, ya’ni Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, jinoyatchilik, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotni keskin kamaytirish hamda xalqimizni  rozi qilishdir. 

Ko‘rib chiqilgan qonunlar esa aholi, tadbirkorlar uchun munosib ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, imkoniyat va yengilliklar yaratishga, hududlar, soha va tarmoqlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.  

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat Raisi: O‘rganishlar natijasida 20 nafardan ziyod mas’ulning lavozimiga noloyiqligi bo‘yicha xulosa berildi