Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 8 may ertalabdan 11 mayga qadar Ukraina bilan urushda vaqtincha sulh e’lon qildi, deb yozdi BBC. Bu mamlakatda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlar davriga to‘g‘ri keladi.

Bunga javoban Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga “kamida 30 kun” davom etadigan otashkesim zarurligini aytdi.

Ikki tomon o‘rtasida vositachilik qilayotgan AQSH Prezidenti Donald Tramp urush tugashini ko‘rishga ishtiyoqmandligini bildirdi.

Umumuan, mojaroni bartaraf qilishga 20 martadan ko‘proq urinib ko‘rilgan, biroq hozircha muvaffaqiyatga erishilgani yo‘q.

Kechagi bayonotida Kreml Putin “insonparvarlik nuqtai nazaridan” o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qilganiga urg‘u bergan:

– Rossiya qarshi tomon bundan o‘rnak olishi kerak, deb hisoblaydi. Ukraina Tinish olish rejasini buzgan taqdirda, RF Qurolli kuchlari tegishli va samarali javob qaytaradi. Biz inqirozning asl sabablarini bartaraf etish va xalqaro hamkorlar bilan faol hamkorlik qilishga qaratilgan dastlabki, hech qanday shartlarsiz tinchlik muzokarasni o‘tkazishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va Ukraina uch kunlik tinish e’lon qildi