Davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 30 yanvarda imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan rejaga muvofiq, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshli insonlardan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish belgilangan.   

Aholi salomatligini mustahkamlash asnosida yurtimizda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirishda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining ahamiyati beqiyos. Ishlab chiqilgan dasturga binoan joriy yilning aprel-may oylarida 7-17 yoshdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi.   

Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab maktab o‘quvchilaridan sport sinovlarini qabul qilish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.   

– Avvalo, aytish lozimki, xalqimiz salomatligini belgilashda, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha monitoring ishlarini amalga oshirishda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari tadbiri muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning o‘ziga xos vositasi bo‘lgan ushbu tadbirni umumta’lim muassasalarida o‘tkazish uchun 34 ming nafarga yaqin jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, 10 ming nafardan ziyod chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari hamda 1 ming 800 nafar atrofidagi trener-seleksionerlarlar jalb etildi. Sport sinovlarini topshirish uchun yurtimizdagi mavjud 10 134 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 6,5 million o‘quvchilarning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani harbiy xizmatga qabul qilish me’yorlari uyg‘unlashtirilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, – deydi sport vazirligi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov.   

Joriy yilning 19 aprelidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan sport sinovlari natijasida bugungacha 5 milliondan ortiq navqiron avlod vakillari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” bilan qamrab olindi.  

Kuni kecha poytaxtimizning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yashnobod kabi tuman maktablarida o‘quvchilardan sport sinovlarini qabul qilish ishlari boshlandi. Haqiqiy salomatlik bayrami shaklida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimlarida ishtirok etgan Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa tashkilot mutasaddilari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”ni aholi orasida, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tizimli tarzda o‘tkazish xalq salomatligini oshirish, millat genofondini sog‘lomlashtirish, jamiyatda sog‘lom muhitni vujudga keltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi.   

Sport sinovlarini qabul qilishda maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ishtiroki, qamrab olinganlik darajasini aniqlash reytingi yuritiladiki, bu, hududlarda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e’tiborning qay darajada ekanligini aniqlash mezonlarini ham belgilab beradi. Baholash tizimiga ko‘ra, sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan o‘quvchilar maxsus imtiyozlarga ega bo‘ladi. Tegishli tartibda rag‘batlantiriladi. 10-11 sinf o‘quvchilari “Vatan tayanchi” harbiy otryadlariga qabul qilinadi.   

[gallery-23067]

Shuningdek, sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan iste’dodli yoshlar orasidan sport zaxirasi shakllantiriladi. Qobiliyatiga qarab sport maktablariga yo‘naltiriladi.   

Yana bir e’tiborga molik jihat, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”ni bajargan yoshlar xohishiga ko‘ra “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport sinovlari xalq salomatligi mezonlarini belgilab beradi