Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv "Bunyodkor" va OKMK klublari o‘rtasida o‘tdi.

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda mezbonlar 25-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gol evaziga raqiblarini 1:0 hisobida taslim etdi.  

Natijada “Bunyodkor” chempionat jadvalidagi ochkolarini 15 taga yetkazib oldi. OKMK esa 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Bu g‘alaba nafaqat “Bunyodkor”, balki “Nasaf” jamoasi uchun ham foydali bo‘ldi. Gap shundaki, agar OKMK zafar quchganida Qarshi sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” ikkinchi pog‘onaga tushub ketar edi. Biroq bu holat yuz bermadi va musobaqaning amaldagi g‘olibi, 17 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi. Superliga jadvalining kuchli beshtaligini “Dinamo”  12, “Navbahor” esa 11 ochko bilan yakunlab berdi.

Shuningdek, “Andijon”, “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912” va “Neftchi” jamoalari tur yakunlariga ko‘ra bir xil - 9 ochko jamg‘argan holda 6-9-pog‘onalarga joylashgan bo‘lsa, “Mash’al”, “Qizilqum”, “Xorazm”, “Surxon” va “So‘g‘diyona” 7 ochko jamg‘arib, 10-14 o‘rinlarni band etdi. “Buxoro” 6 ochko bilan, “Sho‘rtan” esa bor yo‘g‘i 1 ochkoni qo‘lga kiritib liganing so‘nggi o‘rinlarida bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “Dinamo”, “Neftchi”, “Qizilqum” va “Xorazm” klublari ayni damda qolgan jamoalarga nisbatan bitta o‘yin kam o‘tkazgan. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuvlardan so‘ng, ularning Superliga jadvalidagi o‘rni o‘zgarishi mumkin.

O‘tgan yetti tur davomida raqib darvozalariga 5 tadan to‘p kiritgan Igor Sergeyev (“Paxtakor”) va Lyupcho Doriyev (“So‘g‘diyona”) to‘purarlar ro‘yxatida karvonboshilik qilmoqda. Luis Kachchori ularni (“Bunyodkor”)  4 ta gol bilan ta’qib qilayotgan bo‘lsa, Xurshid G‘iyosov, Ali Abdurahmonov (OKMK), Zoran Marushich (“Neftchi”) hamda Abbos G‘ulomov (“Navbahor”) 3 tadan gol urgan holda kuchli uchlikdan o‘rin olish uchun harakat qilmoqda.

Superliganing 7-turida muxlislarning stadionga kelishi anchagina kamaydi. Bu turda eng ko‘p muxlis “Navbahor” va “Buxoro” o‘rtasidagi uchrashuvda kuzatildi. Aniqroq aytganda, ushbu o‘yinni “Markaziy” stadionidan ko‘rish uchun jami 5 ming 211 nafar muxlis keldi. Umumiy hisobda o‘tkazilgan barcha o‘yinlarga 22 ming 474 nafar futbol ixlosmandlari tashrif buyurgan. Taqqoslash uchun 6-tur uchrashuvlarida 42 ming 450 futbol ishqibozlari liga uchrashuvlarini stadiondan kuzatgan edi.

Milliy chempionatimizning 8-tur o‘yinlari 2-4 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Quyida 8-tur uchrashuvlari ro‘yxati bilan tanishasiz:

2 may: “Xorazm” – “Nasaf”, “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912”;

3 may: OKMK – “Andijon”, “Surxon” – “Paxtakor”, “Buxoro” – “Mash’al” ;

4 may: “Neftchi” – “So‘g‘diyona”, “Sho‘rtan” – “Dinamo” va “Qizilqum” – “Navbahor”.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Bunyodkor" jamoasining g‘alabasi “Nasaf”ga ham foyda keltirdi