Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan baxshichilik san’ati yuksak gumanizm g‘oyalarini, tinchlik va do‘stlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu bois ham, baxshi, oqin va jirovlar azaldan xalq qalbining kuychilari, turli millat va elatlarni birlashtiradigan olijanob insonlar sifatida ardoqlab kelinadi.

Mamlakatimizda boshqa san’at turlari kabi baxshichilik san’atiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida har ikki yilda bir marta o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali misolida ham ko‘rish mumkin. Festivalning qamrovi yildan-yilga kengayib bormoqda. 

Joriy yil 26-28 aprel kunlari Xorazmda bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan 200 ga yaqin taniqli baxshilar ishtirok etishdi. 

Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IV Xalqaro baxshichilik festivali ishtirokchilariga tabrigini Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov o‘qib eshittirdi. 

Shu kuni tadbir san’at ustalari va baxshi, oqin, jirovlarning konsert dasturi bilan yakunlandi.

[gallery-23066]

IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida “Ikkinchi Turkiy dunyo madaniyati forumi” hamda “Yangi O‘zbekistonda baxshichilik san’ati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjuman yakunida baxshichilik san’ati istiqboli bilan bog‘liq muhim rezolyutsiya qabul qilindi.

– O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida  2019 yildan buyon Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda anjumanga qadimiy Xiva mezbonlik qilyapti. Festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan vakillarning ishtirok etayotgani uning nufuzi yuksak ekanligidan dalolat beradi, – deydi Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Kerimli.

– To‘rtinchi xalqaro baxshichilik san’ati festivali va uning doirasidagi mazkur nufuzli xalqaro tadbirlarni ko‘hna va betakror Xiva shahrida o‘tkazayotganimiz bejiz emas. Xiva nafaqat umumjahon merosiga taalluqli noyob tarixiy obidalari, balki qadimdan ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot rivojida katta o‘rin tutgan muhim manzillarimizdan biri ekanligi bilan ham qadrlidir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. – E’tirof etish o‘rinliki, keyingi yillarda qardosh o‘lkalarda tashkil etilayotgan yirik anjumanlar, ularda ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar ma’naviy birligimizni ta’minlash, mushtarak qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqlarimiz o‘rtasidagi rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Festivalning xalqaro tanlovini O‘zbekiston, Vengriya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Kuvayt, Mo‘g‘uliston davlatlari vakillaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi. 

Xalqaro festival g‘oliblarini mukofotlash maqsadida pul mukofotlari belgilangan bo‘lib, gran pri sohibiga – 7000 dollar, 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yo‘nalishda 2 ta nominatsiya (Doston ijrochiligi yo‘nalishi, Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi) bo‘yicha 5 000, 3500, 2500 dollardan ajratildi. 

Festival ishtirokchilari quyidagi natijalarni qayd etdi:

3-o‘ringa – Ikxagvasuren Lkxamragcha (Mo‘g‘uliston), Stepanova Aksiniya (Rossiya), Ahmedov Ziyodillo (O‘zbekiston), 2-o‘ringa – Abdullayev Usmonjon (O‘zbekiston), Turikpen Kensulu (Qozog‘iston), 1-o‘ringa – Jumatova Muyassar (O‘zbekiston),  Turkmaniston milliy baxshilar guruhi (Turkmaniston), Gran Pri mukofotiga Ozarbayjonning “Oshiqlar” guruhi sazovor bo‘ldi. 

Bundan tashqari, nominatsiyalar bo‘yicha ham ishtirokchilar taqdirlandi. Mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov va boshqa rasmiylar topshirdi.

Xivada o‘tkazilgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati, eng avvalo, uning og‘zaki ijodi folklor san’atida, doston va eposlarida mujassam topganligini, ular millatning o‘zligini anglash, uning o‘ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini saqlash hamda rivojlantirishda bebaho manba ekanligini isbotladi.

Ahmadjon SHOKIROV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo baxshilari Xorazmda bahslashdi