Har yili may oyida mamlakatimizda xizmat itlari o‘rtasida “Dog biatlon” musobaqasi tashkil etiladi.
Vazirlik va idoralarning kinologlari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘ziga xos musobaqa yurtimiz sarhadlarini himoya qilish, tegishli tashkilot va idoralarda xizmat vazifasini o‘tashda ko‘mak ko‘rsatayotgan itlarning chapdastligini, sezuvchanligini ko‘rikdan o‘tkazishda katta ahamiyat kasb etadi.
Shu kunlarda Milliy gvardiya kinologlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan mazkur musobaqada yuqori natijalarga erishish maqsadida tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Mashg‘ulotlar jarayonida mutaxassis-kinologlar xizmat itlari bilan maxsus belgilangan mashqlarni sifatli bajarishga asosiy e’tibor qaratmoqda.
Kinologlar mashg‘ulot jarayonida xizmat itlari bilan texnik vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga, itlarning tezkorlik va itoatkorligini, buyruqlarni aniq bajarish xususiyatlarini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazadi.
Bu, o‘z navbatida vatanimiz sarhadlarini belgilangan tartibda himoya qilish, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Tayyorgarlik jarayonlarining yana bir muhim ahamiyati shundaki, ishtirokchilar musobaqa qoidalari va nizom talablariga binoan xizmat itlari bilan birgalikda mashg‘ulotlarni amalda bajarib, ko‘nikmalarini boyitishmoqda va albatta ulardan yuqori natijalar kutilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7CuzLkXxquU" title="“Dog biatlon” bellashuvlari nima maqsadda tashkil etiladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev, H.Abrayqulova A.Ahmedov (video), O‘zA