Bugun Toshkentda "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasining birinchi kungi tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarning mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, qurilish, IT yo‘nalishidagi ilg‘or texnologik yechimlar, zamonaviy uskunalar va tayyor sanoat mahsulotlari taqdim etilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishtirokchilarga o‘z mahsulot va xizmatlarini xalqaro miqyosda namoyish etish, yangi hamkorlar topish va eksport geografiyasini kengaytirish imkonini yaratadi. Bu tadbir kompaniyalarga innovatsion yechimlarni boshqa bozorlarga olib chiqish, yangi texnologiyalar bilan tanishish va raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim platformadir.

“O‘zbekenergota’mir” AJning investitsiya bo‘yicha direktori Nodir Nasibaliyevning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazmada qatnashish tashkilot uchun ko‘plab xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga keng imkoniyat yaratmoqda.

[gallery-23061]

–Biz asosan bug‘ turbinasi, gaz turbinasi, generatorlar, nasos qurilmalari, har xil turdagi bug‘ va suv qozonlarni ta’mirlaymiz. Shu bilan birga, montaj qilamiz. Bugungi kundaTojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Gruziya kabi davlatlarning kompaniyalari bilan hamkorlik qilyapmiz. Ushbu nufuzli ko‘rgazmada ishtirokchilar o‘z biznesini strategik rivojlantirish, xorijiy investorlar va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Aytish kerakki, yangi loyihalar ustida kelishuvlar tuzish, tajriba almashish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish ko‘rgazmaning asosiy afzalliklaridan hisoblanadi, – dedi N.Nasibaliyev.

Rossiyaning “Proxolod” kompaniyasi MDH mamlakatlari bo‘yicha savdo menejeri Martik Minasyan ishlab chiqarish rivoji uchun bu kabi ko‘rgazmalarda ishtirok etish muhim ekanini ta’kidladi.

–20 yillik tajribaga ega korxonamiz sendvich-panellar ishlab chiqaradi. Bu panellar tez quriladigan binolar uchun mo‘ljallangan innovatsion material bo‘lib, asosan sanoat ob’ektlarida ishlatiladi. Ushbu mahsulotlar ham issiq, ham sovuq haroratni yaxshi ushlab turadi. Biz Toshkentdagi ko‘rgazmada ikkinchi marta qatnashyapmiz. Mart oyida ham qatnashgan edik. Hozircha ish jarayoni davom etmoqda. Arizalarni qabul qilib, ishlab chiqish bilan shug‘ullanyapmiz. Bizning savdo jarayonlarimiz uzoq muddatli bo‘lib, ba’zi shartnomalar 3 oyda, ba’zilari esa 5 yilda amalga oshishi mumkin. O‘zbekiston bozori biz uchun nisbatan yangi hisoblanadi. Bundan avval Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ko‘plab loyihalarni amalga oshirganmiz. Shuningdek, Armaniston, Belarus, Gruziya va Tojikistonda ham mahsulotlarimizdan foydalanilmoqda, – dedi M.Minasyan.

Ertaga "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ikkinchi kungi tadbirlari o‘tkaziladi.

Nasiba Ziyodullayeva, Oybek Paradev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"INNOPROM. Markaziy Osiyo": iqtisodiy sohalardagi ilg‘or texnologik yechimlar va zamonaviy uskunalar namoyish etilmoqda