Qaror va ijro

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 10 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan «Temiryo‘lkargo» AJ tashkil etilib, 2024 yildan ish boshlagan edi. 

Qarorning mohiyati va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha bugunga qadar jamiyat tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi? Shu kabi masalalar yuzasidan “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Abdusamat MO‘MINOV bilan suhbatlashdik.

2023 yil 10 oktyabrdagi Prezident qarori bilan O‘zbekiston temir yo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha muhim ishlar boshlandi. Mazkur hujjat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibida  bir nechta mustaqil kompaniyalar tashkil etildi. Jumladan, Yuk tashish kompaniyasi negizida vagonlar va yuk tashish xizmatlarini taqdim etishi nazarda tutilib, «Temiryo‘lkargo» aksiyadorlik jamiyati ish boshladi. Bunda jamiyatlar faoliyatida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, temir yo‘l infratuzilmasi va xizmatlariga xususiy sektorni jalb qilish hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarga ustuvor ahamiyat berilishi nazarda tutildi.

Bundan tashqari, temir yo‘l tariflari bozor mexanizmlari asosida shakllantirilishi, tizimda zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv joriy qilinishiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan. Asosiy maqsad O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘ini samarali, shaffof, xalqaro standartlarga mos, iqtisodiy jihatdan barqaror tizimga aylantirish.

–Temir yo‘l sohasini rivojlantirish yo‘lida “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan edi va ularning ijrosi bo‘yicha nima ishlar qilindi? 

– Yuk tashish samaradorligini oshirish, jarayonlarni tezlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va zamonaviy logistika xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, raqobatbardosh tarif siyosatini yuritish – bozor sharoitiga mos, iqtisodiy jihatdan asosli tariflarni ishlab chiqish eng muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash – yuk egalariga qulay, ochiq, tezkor xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish, raqamlashtirish yo‘nalishida yuk tashish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish, elektron platformalar orqali ishlash hamda xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirish – tranzit va eksport-import tashuvlarini kengaytirish, qo‘shni davlatlar bilan integratsiyani chuqurlashtirish vazifalari ham ko‘zda tutilgan edi.

Qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga keladigan bo‘lsak, yangi logistik markazlari, xizmatlar joriy etilayapti. Multimodal tashuvlar (temir yo‘l + avtomobil) tizimi shakllandi. Yuk tashish buyurtmalari, shartnomalar va kuzatuv tizimlari raqamlashtirilyapti. Natijada mijozlar yuk holatini onlayn kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi.

Tranzit salohiyati oshirildi. Xitoy – O‘zbekiston – Eron va boshqa yangi yo‘nalishlar faol ishlay boshladi. Tranzit yuk oqimlari sezilarli o‘sdi. Bundan tashqari, texnik bazani yangilash boshlandi. Vagonlar va yuk terminallari, yuk stansiyalari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda. Turli yuklarni tashishga mo‘ljallangan vagonlar va konteyner tashuvchi fiting platformalar soni ko‘paytirildi. Bu o‘zgarishlar O‘zbekistonning transport-logistika sohasidagi raqobatbardoshligini yanada kuchaytiradi. Ammo hali bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ham ko‘p.

– Umuman, tashkilotingiz tomonidan joriy qilingan «eshikdan eshikkacha» tamoyili nimani anglatadi?

Darhaqiqat, vazifalar doirasida «Temiryo‘lkargo» turli logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda “eshikdan eshikkacha” xizmatlarini taklif qila boshladi. “Eshikdan eshikkacha” tamoyili (inglizcha: door to door) – bu yuklarni jo‘natuvchining manzilidan to oluvchining eshigigacha to‘liq tashib berishni anglatadi. Ya’ni, yuk faqat temir yo‘l orqali emas, balki butun tashish zanjiri – avtomobil, temir yo‘l, dengiz yoki havo transporti orqali yetkaziladi. 

Oddiy qilib aytganda, mijoz yukini bir joyga topshiradi – qolgan hamma ishni logistika kompaniyasi hal qiladi: olib ketadi, temir yo‘l orqali tashiydi, kerak bo‘lsa, avtomobilga yuklaydi, bojxona rasmiylashtiruvini qiladi va manziliga to‘liq yetkazadi. Aytaylik, bir kompaniya Toshkentdan Istanbuldagi zavodga yuk yubormoqchi. “Eshikdan eshikkacha” xizmat bo‘lsa, yukni kompaniyaning omboridan avtomobil olib ketadi, keyin uni temir yo‘l orqali Toshkentdan Boku yoki boshqa yaqin nuqtagacha olib boradi, keyin boshqa transport vositasi bilan Istanbulga yetkazadi, va nihoyat, Istanbuldagi manzilga – zavod eshigiga topshiradi.

Mijoz esa faqat bir shartnoma asosida xizmatdan foydalanadi – oradagi barcha bosqichlar bilan yuk tashuvchi kompaniya shug‘ullanadi. Bunda mijoz yukni topshiradi, tashvish qilmaydi, vaqt va xarajat tejaladi, yuk harakati boshidan oxirigacha kuzatib boriladi, mas’uliyat kompaniya zimmasida bo‘ladi. Xullas, bu xizmat logistikada professional yondashuv bo‘lib, «Temiryo‘lkargo» AJning xizmat ko‘rsatish darajasini zamonaviy standartlarga olib chiqadi.

– Yuk tashish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda yetkazib berilgan yuklar haqida ma’lumot bersangiz? 

– «Temiryo‘lkargo» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuk tashish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha davlat va xususiy sektor vakillari, xalqaro hamkorlar bilan bir qator shartnomalar imzolandi. Ushbu shartnomalar doirasida yuklarni mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha xavfsiz, tezkor va samarali yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Ish boshlaganimizdan buyon umumiy qiymati 200 milliard so‘m atrofidagi 500 ga yaqin shartnoma imzolandi. Shartnoma doirasida yuk egalariga individual yondashuv asosida xizmat ko‘rsatish, qulay tariflar taklif etish va “eshikdan eshikkacha” tamoyiliga asoslangan kompleks logistika yechimlari taqdim etildi.

2024-25 yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ inventar parkidan «Temiryo‘lkargo» AJ balansiga 8 535 dona yuk vagoni berildi va ushbu vagonlarda mahaliy va xalqaro qatnovlarda 6,2 million tonnadan ziyod yuk tashildi. Buning natijasida 2024 yilda 109,1 milliard so‘m 2025 yilning birinchi choragida 77 milliard so‘m daromad olishga erishildi.

– Yuk tashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qanday rejalar bor? 

–Yuk tashish tizimini yanada samarali qilish bo‘yicha «Temiryo‘lkargo» AJ tomonidan belgilab qo‘yilgan asosiy rejalarimiz mavjud. Misol uchun,  sanoat zonalari, chegara punktlari va yirik shaharlar yaqinida logistika markazlari va konteyner terminallarini tashkil etish, temir yo‘l + avtomobil + omborxona xizmatlarini birlashtiruvchi multimodal xizmatlarni kengaytirish, yuklarni saralash va qayta yuklash jarayonlarini avtomatlashtirish kabilar shular jumlasidandir.

Shuningdek, raqamli texnologiyalarni to‘liq joriy etish – yuk buyurtmalarini onlayn qabul qilish, kuzatish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, elektron hujjatlar aylanishi, shartnoma va to‘lov tizimlarini avtomatlashtirish hamda mobil ilova va shaxsiy kabinet orqali mijozlar bilan interaktiv muloqotni kuchaytirish yo‘lida ham muhim qadamlar mavjud.

Xalqaro tashuvlar salohiyatini oshirish borasida esa Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya, Ozarbayjon va boshqa davlatlar bilan logistika hamkorliklarini chuqurlashtirish,“Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa” kabi koridorlarda yuk oqimini oshirish, tranzit yuklar uchun soddalashtirilgan tartib va tarif siyosatini joriy qilish ham bu borada keraklidir.

Yana bir maqsadli vazifalarni aytib o‘tishim kerak, texnik parkni modernizatsiya qilish – yangi turdagi yuk vagonlari, konteyner platformalari, muzlatgichli vagonlarni xarid qilish hamda eskirgan vagonlarni bosqichma-bosqich yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish tizimini optimallashtirish ham muhimdir.

Rejalashtirish va tahlil qilishni chuqurlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar samarasida yuk oqimlarini prognoz qilishda Big Data va AI (sun’iy intellekt) texnologiyalaridan foydalanish, marshrut va tarif siyosatini bozor sharoitlariga mos holda doimiy yangilab borish ham ayni muddao.

Ushbu rejalar yuk tashish tizimini raqobatbardosh, mijozga yo‘naltirilgan va barqaror rivojlanadigan tizimga aylantirishga xizmat qiladi. Bu orqali O‘zbekistonning mintaqaviy logistika markaziga aylanishi yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SoWo5fnSlcU" title="Temir yoʻl: yuk tashish tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar va natijalar qanday?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV suhbatlashdi, Doniyor YAQUBOV (video)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temir yo‘lda yuk tashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi qanday? (+video)