Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da vazirlik, idora va tashkilotlarda yoshlar masalalari uchun mas’ul bo‘lgan 150 ga yaqin xodim ishtirokida maxsus o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda yoshlarga oid davlat siyosatini amaliyotda samarali tatbiq etish, “Yoshlar dasturlari” ijrosini ta’minlash va ehtiyojmand yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
O‘quv dasturidan tashkilotlarda yoshlarga oid siyosatni samarali yuritishga qaratilgan treninglar, tajribali tadbirkor va san’at vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek sport musobaqalari ham o‘rin oldi.
Seminarning yana bir muhim jihati, yoshlar manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan yangi loyihalarni agentlik va tashkilotlar o‘rtasida samarali tarzda amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.
Oromgohda o‘tgan uch kunlik o‘quv-seminar xususida batafsil axborot beriladi, bizni kuzatishda davom eting.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA