Nigeriyaning Rivers shtatidagi Omoku hududida noqonuniy qazib olingan neft saqlanayotgan uyda portlash yuz berdi, deya xabar bergan “Anadolu” axborot agentligi.
Ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida besh kishi tiriklayin yonib ketgan, bir necha odam jarohatlangan.
Afrika qit’asidagi boy neft va gaz zaxirasiga ega ushbu mamlakat hukumati muntazam ravishda qora oltinni o‘g‘irlash bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Bu jinoyatlar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, 2023 yil neft o‘g‘irlash va quvurlarga hujum uyushtirish ortidan Nigeriya uch milliard dollardan ko‘proq zarar ko‘rgani ma’lum.