AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi boshqarma boshlig‘i Muhiddin Meliqulov Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan 2025 yilning birinchi choragida ko‘rib chiqilgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2021 yil 3 martdagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida amalga oshiriladi.  Ko‘rsatilgan qarorlarga muvofiq, moddiy madaniy meros ob’ektlarining asliyligini saqlash, ularning atrof-muhitini muhofaza qilish va har qanday qayta qurish yoki rekonstruksiya ishlari belgilangan tartibda amalga oshirilishi ta’minlanadi. 

2024 yil 20 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Kengash tarkibi yangilandi. Mazkur qaror bilan Ilmiy-ekspert kengashning maqomi hamda moddiy madaniy meros ob’ektlari va ularga tutash hududlarda amalga oshiriladigan loyihalarni ko‘rib chiqish, tarixiy muhit va arxitektura yaxlitligini saqlash bo‘yicha xulosalar berish, ilmiy tadqiqotlar, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari ustidan qat’iy ilmiy nazoratni ta’minlash kabi funksiyalari belgilab berilgan. 

Qayd etilishicha, bugungi kunda moddiy madaniy meros ob’ektlariga tegishli har bir loyiha kengash a’zolari tomonidan huquqiy va ilmiy yondashuv asosida, yuqori mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilmoqda. 2025 yilning yanvar-mart oylari davomida Ilmiy-ekspert kengashi 5 ta yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishlarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan jami 439 ta loyiha hujjati kompleks ravishda ko‘rib chiqildi. Loyihalar asosan tarixiy obidalarni ta’mirlash, yoritish, qo‘shimcha qurilishlarni amalga oshirish, ta’mirlash-tiklash, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish, madaniy meros ob’ektlari muhofaza hududlarida amalga oshiriladigan qurilishlar kabi ishlar bilan bog‘liq bo‘ldi. Barcha murojaatlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, murojaatchilarga rasmiy javob xatlari yuborildi. 

Loyihalarni ko‘rib chiqish jarayonida madaniy meros ob’ektining tarixiy-qurilish hujjatlari va asl qiyofasi asos qilib olindi, qurilish, ta’mirlash va injiniring ishlari zamonaviy talablarga javob berishi, biroq moddiy merosga zarar yetkazmasligi shart qilib qo‘yildi. Loyihalarning ijtimoiy, iqtisodiy va sayyohlik ahamiyati ham inobatga olindi. Loyihalardan 69 tasi ma’qullangan bo‘lsa, 197 tasiga shartli ravishda rozilik berildi. Shuningdek, ko‘pgina loyihalarda tarixiy ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar to‘liq va asosli bo‘lmagani, me’morlik yechimlari va qurilish detallari yetarlicha aniq ishlab chiqilmagani, joylardagi mahalliy organlar bilan hamkorlikda ishlashda yetarli muvofiqlashtirish mavjud emasligi sababli taqdim etilgan 439 ta loyihaning 173 tasiga rad javobi berildi. 

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan qanday loyihalar ko‘rib chiqildi?