26–27 aprel kunlari Amirsoy tog‘ dam olish maskanida «Sky Camp Bo'stonliq 2025» sport festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Samarkand Marathon» loyihasi doirasida tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini, sport turizmini rivojlantirish va inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Festival davomida yugurish va tabiatni asrash uyg‘unlashgan plogging aksiyasi o‘tkazildi. Yuguruvchilar har bir qadami bilan nafaqat marraga intildi, balki tabiatni tozalab, tog‘ bag‘rini pokiza qilishdi. Har bir ko‘tarilgan chiqindi — bu tabiatga qaytarilgan mehr, har bir nafas — pok havoga bildirilgan hurmat edi.

«Sky Camp» — bu nafaqat sport, balki jamiyat va tabiat bilan uyg‘unlikda harakat qilishga undovchi haqiqiy hayot bayramiga aylandi.

Shahlo Xursandboyeva,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Sky Camp Bo'stonliq 2025»: sport va inklyuzivlik festivali