Boks bo‘yicha Iordaniyaning Amman shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining U17 yosh toifasida yarim final janglari o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz sharafini 19 nafar bokschimiz himoya qildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 1/2 final bosqichida 15 nafar vakilimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 4 vakilimiz bronza medali bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, so‘nggi hal qiluvchi finalga yo‘l olgan terma jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston o‘mirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Shuningdek, Qozog‘iston termasining 12 nafar a’zosi finalga chiqqan bo‘lsa, 7 ta charm qo‘lqop ustasi bilan Ukraina kuchli uchlikni yakunladi.   

Eslatib o‘tamiz, qit’a birinchiligining kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham 15 nafar bokschimiz final bosqichida ringga ko‘tarilish huquqiga ega bo‘lgan edi.   

Har ikki yosh toifasida 29-30 aprel kunlari final janglari o‘tkaziladi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati: bokschilarimizning shashti baland