Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Buxoroga keldi. Mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimi Botir Zaripov, Tatariston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko va boshqa mutasaddilar kutib oldi.

Mehmonlar dastlab Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Islom olamida alohida e’zozlanadi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir. 

Rustam Minnixanov Buxoroga tashrifi davomida “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkida amalga oshirilgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda mutasaddilar maxsus sanoat parki hududida bajarilgan ishlar, istiqboldagi rejalar taqdimot qildi. 

Bugungi kunda maxsus sanoat parki hududida kelishuvga asosan xorijiy davlatlarining 18 ta kompaniyasi tomonidan 400 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari tomonidan ham ishlar boshlangan.

Tashrif doirasida hududning sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi maxsus sanoat parki direksiyasi va “Marshal FT” MCHJ o‘rtasida yengil transportlar, yuk  va maxsus texnikalar uchun DVS havo filtrlari ishlab chiqarish, “Fort Verniy” MCHJ hamkorligida tog‘-kon, qurilish materiallari, va maxsus bo‘yoqlar uchun butlovchi  qismlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar imzolandi.

Muloqotlarda O‘zbekiston va  Rossiya  o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar doirasida hududlar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

Muzokaralar chog‘ida “Buxoro sanoat rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkini yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Sanoat parkining rezidentlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

– Buxoroda boshlagan hamkorlikdagi ishlarimiz reja qilganimizdan ham yuqori darajada davom etyapti. Ob’ektlar qurildi, infratuzilma bor. Endi vazifalar esa yanada muhim. Zonaning sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun salohiyatli investorlar kerak. Ichki va tashqi bozorni puxta o‘rganib, shunga asosan ish yuritish lozim, – dedi Rustam Minnixanov.

Shuning bilan Tatariston raisining Buxoroga tashrifi yakunlandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikdagi ishlar albatta natija beradi