Rossiya Federatsiyasi Omsk viloyatining gubernatori Vitaliy Xotsenko boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Buxoroda bo‘ldi.

Uchrashuv va muloqotlarda mazkur tashrif ikki hudud o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lgani e’tirof etildi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov bugungi kunda O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari ko‘pqirrali strategik ittifoqchilik va ishonchli hamkorlik darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi. 

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda Buxoro viloyati va Rossiya Federatsiyasi savdo-iqtisodiy hamkorligida salmoqli natijalarga erishildi. Rossiya Federatsiyasi Buxoro viloyati bilan tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan yetakchi uch davlat qatoridan joy olgan. 2024 yil yakunlari bo‘yicha viloyat bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 380,0 million dollarga yetdi. Jumladan, eksport hajmi 92,0 million dollarni, import hajmi esa 288,0 million dollarni tashkil etdi.

Viloyat rahbari hamkorlik ishlari yangi bosqichda davom etishini bildirib, ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratdi. Omsklik tadbirkorlarni Buxoroga kelib, iqtisodiy-investitsiyaviy imkoniyatlar bilan tanishish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi.

Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko ikki hudud hamkorligini yanada rivojlantirishni, qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilishini bildirdi.

– O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mintaqamizning asosiy hamkorlaridan biridir. Omsklik tadbirkorlar O‘zbekistonga to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilib, kimyo mahsulotlari va yog‘och yetkazib bermoqda. Hamkorlik bu bilan cheklanmaydi, deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Ishonamanki, uchrashuvimiz Omsk va Buxoro viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi, – dedi gubernator.

Delegatsiya a’zolari “Buxoro Agroklaster DZZ”, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJlarda hamda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parkida ham bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Rossiya: hududlararo aloqalar faollashmoqda