Xitoyning Tayan shahrida para taekvondo bo‘yicha "Xalqaro taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi" o‘tkazildi. Unda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 200 nafardan ortiq para taekvondochilar qatori O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi.

Musobaqada Asadbek Toshtemirov (+80 kg.) Qudrat Muhammadiyev (-80 kg.) va Karomat Rustamova (-52 kg.) barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Zuhriddin Tohirov (-63 kg.) va Qizlarxon Isomiddinova (-47 kg.) esa finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda g‘alaba qozonib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Qudratjon Haydarov (-63 kg.), Qudratullo Sunnatov (-70 kg.) hamda Karomat Qosimova (+65 kg.) tashkilotchilar tomonidan bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, 3 tadan oltin va bronza hamda 2 ta kumush, jami 8 ta medalga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida medal jamg‘arishda birinchi bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para taekvondochilarimiz hamon tengsiz