XXR - AQSH: Trampning shashti so‘ndimi?
Prezident Donald Tramp AQSH va XXR o‘rtasidagi savdo urushini hal qilishga jiddiy yondashayotganini aytgandan so‘ng Pekin okean orti mamlakatiga olib kirilayotgan Xitoy tovarlariga qo‘yilgan keng qamrovli tarifni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda BBC yozdi.
Dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti raqobati kuchayib bormoqda, XXR so‘nggi "yurish"ida AQSHga buyurtma qilingan "Boeing" samolyotlarini qaytarib yubordi.
Shundan keyin Tramp o‘z qarashini biroz yumshatishga qaror qilgan ko‘rinadi. Ya’ni u Xitoy importiga belgilangan soliq “anchagina pasayishi, ammo nolga tushmasligi"ni aytdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA