Buyuk Britaniya hukumati Prezident Bashar Asad dekabr oyida hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng mamlakatni qayta tiklashga yordam berish uchun Suriyaning o‘nlab tashkilotlari, jumladan hukumat idoralari va ommaviy axborot vositalariga nisbatan amaldagi sanksiyani to‘xtatdi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.
Qirollik "Asadning repressiv boshqaruvini qo‘llab-quvvatlagan, tinch aholini zo‘ravonlik bilan bostirishga yordam bergan va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlarga qarshi" sanksiya kiritgan edi.
- Suriya xalqi o‘z mamlakati va iqtisodiyotini tiklash imkoniyatiga loyiq va bu mamlakatdagi barqarorlik davlatimiz milliy manfaatiga mos, - dedi Yaqin Sharq bo‘yicha vazir Hamish Falkoner.
Damashqning yangi rahbarlari qariyb 14 yillik fuqarolar urushidan so‘ng vayron bo‘lgan iqtisodiyot va infratuzilmani tiklashga qiynalmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA