Mahmudxo‘ja Behbudiy to‘ylarga nisbatan shunday ta’rif bergandi: “To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar.

Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur”. Ma’rifatparvar aytgan bu so‘zlar yuz yil o‘tib ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu dabdaba ortidagi madaniy, ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni oldimizga yanayam keskinroq, yanayam ochiqroq va yanayam ko‘ndalang qo‘ymoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgani ham bejiz emas.

Hozir shahar va qishloqlarimizda dabdabali to‘y qilganlarga razm solsangiz, oiladagi nosog‘lom muhitni, mardikorlikda yurganini ko‘rasiz. Xalqimiz fe’l-atvoriga xos qusurlar, urf-odatlarimiz tarkibidagi bunday qoloqlikdan forig‘ bo‘lishi uchun mahalla instituti oyoqqa turgan. Ortiqcha dabdabayu as’asadan voz kechib, jamiyat, umuman, kundalik turmush tarzimizni yangi o‘zanga solish uchun qanchadan-qancha hukumat qarorlari, farmonlari e’lon qilinmoqda. Baribir umr bo‘yi yiqqanini bir kunlik to‘yga sochib, o‘zgalarning hurmatini qozonish kamaymayapti.

O‘sha dabdaba, o‘sha as’asa

Jamoatchilik fikrini pisand qilmasdan nainki o‘zi, quda-andasi yoki yosh kelin-kuyov, balki butun jamiyatga muammo tug‘dirayotgan dabdabaga o‘ch to‘ychivonlarning nahotki tafakkurini o‘zgartirish shu qadar mushkul bo‘lsa? Bu illatning tub zamiri, mohiyati, o‘qildizida nima bor? Yoki obro‘ning birdan-bir manbai to‘ymi? Obro‘ni pul sochib topayotganlar odamlarning hurmatini emas, o‘rinli shubha va nafratini qo‘zg‘atadi, xolos.

O‘tgan yilning oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda 1 million dollarlik to‘y” nomi ostida videolavhalar tarqaldi. To‘yda o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchun pachkalab pul sochayotgan “boyvachcha”larni ko‘rib, hamma qoyil qoldi. To‘yga ruh berish, uni qizitish uchun otilgan pirotexnika vositalari mehmonlarning hayotini xavf ostiga qo‘ydi. To‘y dasturxoniga dunyoning turli davlatlaridan keltirilgan noyob matohlar, meva-chevalardan tashqari akvariumda tirik baliq qo‘yildi.

Bunisi hali holva. Samarqanddagi turizm markazida bo‘lib o‘tgan yana bir hashamatli to‘yda kelin-kuyov mehmonlar qarshisiga kemada suzib keldi. Sahna uchun eng qimmat dekoratsiyalar qilindi. San’atkorlar xorijdan chaqirtirilib, to‘y egasi shular poyiga bor-yo‘g‘ini to‘kdi. Kimdir shuncha imkoniyati, mablag‘i bor ekan, qandini ursin, deyishi mumkindir, ammo dabdabali to‘y qilaman deb to‘ychining boshi butun umr qarzdan chiqmasa, qarzdorlik uning boshini xam qilib qo‘ysa, bundan kimga naf?

– Bugun har kim istagandek to‘y qilishi mumkin. Lekin hamisha bunday isrof va sho‘xlik bor joyda imon, insof yo‘qoladi, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Dilshod Ismoilov. – To‘ylarni ixcham va mazmunli o‘tkazish uchun qator targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz. Hatto mahalladagi kayvonilarga ham tushuntirdik. Afsuski, bu boradagi illatlar kamayish o‘rniga ko‘paymoqda. To‘ylarni dabdaba va isrofgarchilik bilan o‘tkazish nomaqbul ish. Alloh bergan ne’matlarning uvolidan qo‘rqish kerak.

Illat, dard, balo!

Faqat Samarqandda emas, balki boshqa joylarda ham shunday dabdaba, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmoqda. Farg‘ona vodiysida to‘ydan so‘ng qiz uzatgan xonadon kuyov tomonga 40 kun sara va tansiq taomlar yuboradi. Buni Andijonda “mazar” deyishadi. Xorazmda “qiz yig‘in”, “xina yoqar” marosimlariga ham millionlab mablag‘lar sarflanadi. Qashqadaryoda ham sovchilikdan tortib, to to‘y-hashamgacha va undan keyingi jarayonlarning deyarli har bir nuqtasida shunday yoqimsiz manzaralarga duch kelinayotgani hech kimga sir emas. Shahrisabz markazidagi Oqdaryo, Yangiqishloq, Ravot va Abziyat mahallalarida kelin tomondan uyni to‘ldirish, kuyovga beriladigan sarpo va mebel uchun o‘rta hisobda 25 – 30 million so‘m sarflanadi. Chiroqchi markazidagi Choshtepa, Yangiobod, Kishmishtepa, O‘zbekiston, Bog‘ishamol kabi mahallalarda sarpo va mebel uchun 20 – 30 million so‘m pul ketadi. Kosondagi Paxtazor, Shirinobod, Do‘stlik va Mesit mahallalarida ayni shu maqsadda 30 – 40 million so‘m sarf bo‘layotgani muammo ko‘lami qay darajadaligini ko‘rsatadi.

Endi o‘zingiz bir chamalab ko‘ring, Ko‘kdalada kelin uchun bir necha soatga olinadigan to‘y libosi 1 milliondan 8 million so‘mgacha, Dehqonobodda taxminan 2,5 million, boshqa tumandan keltirilsa 4 million so‘mgacha... Kitobda nikoh to‘yida birgina sarpo uchun 8 – 10 million, fotiha to‘yida ham shuncha mablag‘ sarflanmoqda. Haliyam to‘yxonadagi sahna bezagi, dasturxonga gul buyurtma berish, kelin-kuyov kirib kelishidagi har xil marosimlardagi ortiqcha xarajatlarni hisobga olmadik. Buning ustiga ке­йинgi paytlarda kelin-kuyovning sevgi tarixi (“Love story”) marosimiga Kosonda o‘rtacha 7 – 10 million so‘m pul xarjlanmoqda. Kasbida ayni shu marosim uchun kamida 5 million so‘m havoga sovurilmoqda. Axir buncha pul sarflanayotgan joylarda ta’lim, tibbiyot, yo‘l infratuzilmasi, hududlar obodligi kabi masalalarda muammolar yo‘qmi? Ehtiyojmand, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar-chi? Qishloqlarda oddiyroq to‘yga sarf bo‘ladigan pulga bemalol biror biznes boshlash mumkin.

Behuda sovurilgan millionlar

2019 yil 14 sentyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining va Oliy Majlis Senati Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori imzolangandi. Shunga qaramasdan dabdababozlikka bo‘lgan intilish kamaymayapti. “Xalq so‘zi” gazetasining joriy yil 8 fevral sonida Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev “To‘ylarimiz ma’naviyat, mehr-oqibat tantanasiga aylansin” maqolasida ham to‘y egalari daromadlariga yarasha emas, balki qarz olib bo‘lsa-da, katta sarf-xarajat qilayotgani, bu to‘ydan keyin ba’zi kelishmovchiliklarga, oilada yetishmovchiliklarga sabab bo‘layotgani, oqibatda yoshlarning ajrashib ketishlariga ham olib kelayotganini kuyunchaklik bilan tilga oladi. Farzandlarning kamoli, yoshlarning baxtini o‘tkinchi moddiyatga bog‘lab, orttirayotganimiz nima? Faqat qayg‘u, alam, g‘urbat... Hashamatlarga haddan ziyod berilib, borgan joyimiz sud idorasi bo‘lmayaptimi?

Yurtimizda bir yilda o‘rtacha 300 ming atrofida to‘y marosimlari o‘tkazilar ekan. Ularning umumiy sarf-xarajati qariyb 3 milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Bu qaysidir hududning byudjeti, deganidir.

Agar oddiy proporsiya bilan ajrimlar soni ko‘rib chiqilsa, to‘y xarajatlarining juda katta foizi havoga uchayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

– Samarqand shahridagi Bekho mahallasiga rais etib saylanganimga uch yil bo‘lyapti, – deydi Abduvoiz Do‘stov. – Endi ish boshlaganimda fuqarolardan biri o‘g‘lini uylantirmoqchi ekanini, ammo qo‘li kaltalik qilayotganini aytib maslahat so‘radi. Odatda to‘ylarni qisqartirish haqida ko‘p gapiramizu lekin buni qanday amalga oshirish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmaymiz. Kimdir kamroq mehmon chaqirishni maslahat beradi, boshqasi shahardan tashqaridagi arzonroq to‘yxonani tavsiya etadi. O‘zim shahardagi bir nechta bazmgohlarga borib, ulardagi narx-navo, xizmat ko‘rsatish tartibini o‘rgandim. Keyin faollar bilan kengashib, uyda o‘tkaziladigan to‘yga ketadigan xarajatlarni hisoblab chiqdim – uch baravar arzon tusharkan! Buni to‘y boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroga tushuntirdik. U boshida qarindosh-urug‘i, qo‘shnilar norozi bo‘lishidan, ovoragarchilik ko‘payishidan xavotirga tushdi. To‘yning boshida o‘zim turishimni aytib ko‘ndirdim. To‘y ixcham va milliy qadriyatlarimizga mos tarzda chiroyli o‘tdi. Boshqalar ham bundan ibrat olmoqda.

Karantin davridagi to‘ylarni bir eslang. 30 kishilik to‘y shu darajada yaxshi o‘tdiki, bor-yo‘g‘i 2 million so‘m sarflab elga dasturxon yozganlar bo‘ldi. Bundan na birov xafa bo‘ldi, na birov “to‘yim oddiy o‘tdi” deb nolidi. Qani endi, o‘sha tartibda davom etganimizda, hashamdor to‘ylar soni ancha qisqargan bo‘lardi...

To‘y – milliy urf-odatimiz. Uni qanday o‘tkazish borasida yagona, qat’iy normalar belgilanishi maqsadga muvofiq emas, albatta. Ammo to‘ylarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazish o‘ziga va oilasiga osoyishtalik olib kelishini har bir inson ongli ravishda tushunib yetmog‘i lozim.

«Xalq so‘zi»dan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘y: kimga – hasham, kimga – sitam?!