Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan M15 tasnifidagi turnirda Sergey Fomin yakkalik bahslarida ham bosh sovrin uchun kortga chiqadigan bo‘ldi.
Gap shundaki, Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarining 1/2 final bosqichida polshalik Yasha Shayrixni har ikkala setda bir xil - 6:2 hisobida taslim etdi. Endi mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi nufuzli musobaqaning bosh sovrini uchun o‘tadigan bahsda fransiyalik Shon Kyunen bilan raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, S.Fomin juftliklar o‘rtasida neytral tennischi Pavel Verbin bilan tandemda musobaqa g‘olibligi uchun germaniyalik Adrian Esbax hamda belgiyalik Martin Van Der Meyershen duetiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Uchrashuvlar 27 aprel kuni tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA