Qirg‘iz adabiyoti bizga 500 ming misradan iborat, qariyb o‘n asrlik tarixiga ega “Manas” eposi, Mulla Qilich, To‘g‘aloq Mo‘lda, To‘xtagul Sotilg‘anov, Qosimali Bayalinov va Chingiz Aytmatov kabi nomlar bilan yaxshi tanish. Bugun ana shu adabiyot vakillari, ya’ni qardosh va qo‘shni yurt adiblari Samarqandda bo‘ldi.

Dastlab viloyat axborot-kutubxona markazida ikki mamlakat ijodkorlari yosh kitobxonlar bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda Qirg‘iz Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi Qanibek Imanaliyev, “Jetkinchek» bolalar va o‘smirlar gazetasi bosh muharriri, yozuvchi, tarjimon Abibilla Pazilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev, taniqli yozuvchi Nurali Qobul o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, ijodkorlarning o‘zaro hamkorligi va adabiy aloqalar haqida so‘z yuritdilar.

– O‘zbek va qirg‘iz xalqlarining tili, madaniyati va adabiyoti azaldan bir-biriga o‘xshash, chambarchas bog‘liq, – deydi Qanibek Imanaliyev. – Keyingi yillarda bu aloqalar mustahkamlanib, o‘zbek va qirg‘iz adabiyotining eng sara namunalari ikki tilga tarjima kilinmoqda. Jumladan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani birinchi marta qirg‘iz tiliga o‘girilganligi, qirg‘iz adabiyoti namunalarining o‘zbek tiliga tarjima qilinayotgani yoki O‘zbekistonga eng ko‘p kelayotgan mamlakat vakillaridan biri qirg‘izlar ekani fikrimizning tasdig‘idir.  

[gallery-23040]

2019 yilda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmalari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan bo‘lib, ushbu hujjat asosida bir necha yillardan beri birgalikda tadbirlar o‘tkazilib, adabiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari seminari, Turkiy tilli mamlakatlar yosh ijodkorlari forumi, “Mumtoz she’riyat” festivali kabi tadbirlar shular jumlasidan.

Yozuvchi Nurali Qobul bugun dunyoda, jumladan, mintaqamizda ham turizm jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, barcha sohalarda mavjud sayyohlik nega adabiyot sohasida yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

– Nazarimda, eko turizm, ziyorat turizmi, tibbiyot turizmi bo‘lgani singari adabiyot turizmi ham bo‘lishi kerak va bu ijodkorlar o‘rtasidagi yaqinlikni, hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi,-- dedi u.  

Uchrashuvda Qirg‘iz Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi Qanibek Imanaliyevning “Qirg‘iznoma” kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi. Nurali Qobul tomonidan tarjima qilingan mazkur asar qardosh qirg‘iz xalqining urf-odati, odob-axloq, e’tiqod va an’analarini o‘zida aks ettirgan.

Tadbir davomida ikki xalq adabiyoti targ‘ibotiga hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlar viloyat axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg‘a qildi. Adiblarning xizmatlari e’tirof etilib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zoligiga qabul qilindi.

Qirg‘izistonlik ijodkorlar Samarqand shahridagi muqaddas qadamjolar va tarixiy-madaniy yordgorliklarni ziyorat qildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adabiyot turizmini tashkil etish taklif qilindi