Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida yaponiyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish korxonalari va binolarda virtual energiya auditini o‘tkazish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarning tashkil etilishi va ahamiyati haqida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Jobir Ahadov quyidagilarni ma’lum qildi:

–Bizning faoliyatimizda xalqaro aloqalar muhim hisoblanadi. Shu sababli, bugungi kunda bir qator energetika sohasi bilan shug‘ullanuvchi xorijiy tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Joriy yilning 22-25 aprel kunlari Yaponiyaning Energiya tejamkorlik markazi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan seminar ham ana shunday samarali hamkorlikning natijasidir.  

Seminarda mahalliy mutaxassislar uchun ishlab chiqarish korxonalari va binolarda virtual energiya auditini o‘tkazish bo‘yicha Yaponiya tajribasi taqdim etildi.

Bugungi kunda energiya resurslaridan samarali foydalanish masalasi nafaqat iqtisodiy, balki ekologik barqarorlik nuqtai nazaridan ham juda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, virtual energiya auditi ishlab chiqarish korxonalari va binolarda energiyadan foydalanish holatini masofadan turib, ya’ni ob’ektga bevosita bormasdan turib tahlil qilish va baholash usuli hisoblanadi.

Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan virtual audit vositalari orqali biz ishlab chiqarish va binolarda energiya samaradorligini tubdan oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Shu maqsadda ushbu seminar natijalari kelgusida amaliy islohotlar va yangi dasturlar ishlab chiqishga asos bo‘ladi.

Unda Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” hamda ilmiy muassasa mutaxassislari virtual energiya audit tizimining afzalliklari, uni joriy etish orqali energiya sarfini kamaytirish, xarajatlarni tejash imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.  

Shuningdek, Yaponiyada energiya menejerlari va energiya auditorlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan o‘quv materiallari, xalqaro standartlarga muvofiq metodikalar, amaliy topshiriqlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Ta’kidlash joizki, virtual audit tizimi korxona va tashkilotlarda energiya iste’molini tahlil qilish, samaradorlikni baholash, energiya boshqaruvini raqamlashtirish va shu orqali energiya tejamkorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu nafaqat moliyaviy resurslarni tejash, balki ekologik ta’sirni kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Kelgusida ham biz Yaponiyaning Energiya tejamkorlik markazi (The Energy Conservation Center) mutaxassislari bilan shu kabi mavzularda seminarlar tashkil etishda hamkorlikni davom ettiramiz.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda virtual energiya auditini joriy etish bo‘yicha Yaponiya tajribasi o‘rganilmoqda