Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, tizimni halol va ochiq boshqarish, korrupsiyaga qarshi ta’sirchan choralarni kuchaytirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, inson hayoti va salomatligi bilan bog‘lik mazkur sohada halollik va adolat ustuvor bo‘lishi dolzarb ahamiyatga ega.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida “Sog‘liqni saqlash tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish – ustuvor vazifamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  

Unda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Sultonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari  

Yelena Borisova, Oydin Abdullayeva va Gulnoraxon Abduvohidova, shuningdek, tibbiyot sohasi vakillari, partiya faollari, huquqshunoslar ishtirok etdi.

Deputatlar korrupsiyaning oldini olish, tibbiyot sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasidagi amaliy ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.  

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish uchun samarali mexanizmlar ishlab chiqish, tibbiyot muassasalarida shaffoflikni oshirish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, soha xodimlarining huquqiy ongi va mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

“Korrupsiyasiz soha”ni barpo etishda jamoatchilik nazorati, OAV bilan hamkorlik, jamoatchilik fikri va aholining huquqiy madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyotni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish dolzarb