Avval xabar qilinganidek, Toshkent shahrida moliya va fintex sohalariga bag‘ishlangan “Banks & Business Expo 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir sohadagi so‘nggi yangiliklar va innovatsion yechimlarni namoyish etish maqsadida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada 30 dan ortiq mamlakatdan kelgan banklar, moliyaviy tashkilotlar hamda fintex-kompaniyalar ishtirok etdi. Ular o‘z mahsulot va xizmatlarini taqdim etish barobarida hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari xususida fikr almashdi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, joriy yilning 16-18 aprel kunlari o‘tkazilgan mazkur ko‘rgazma moliyaviy ekotizimni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mahalliy va xalqaro kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DREPhgSdRQY" title="“Banks & Business Yexpo 2025”: so`nggi yangiliklar va innovasion echimlar namoyish etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Ziyodullayeva, D.Yoqubov, A.Ahmedov (videomontaj), O‘zA