Bugungi axborot asri va raqamlashib borayotgan zamonaviy dunyoda axborot va ma’lumotlar olish imkoniyatlari kun sayin kengaymoqda. Dunyoning bir burchagidan turib uning boshqa bir burchagiga ko‘z ochib yumguncha axborot uzatish yoki axborot olishimiz mumkin. Qolaversa, Internet va media mahsulotlarining, kontentlarning ko‘payib borayotgani ham insoniyatni axborot, turli ma’lumot va bilimlarni egallashiga xizmat qiladi.

Ammo bugungi davrning bu kabi imkoniyatlaridan foydalana olishning muhim bir talabi ham borki, usiz imkonsiz bo‘lib qolamiz. Bu ham bo‘lsa til bilishdir. Bir paytning o‘zida bir nechta tillarni bilish — uning vositasida yanada kengroq ma’lumot va bilimlarga ega bo‘lishga sharoit yaratadi.  

Darhaqiqat, til bilgan el biladi, degan maqol bejiz aytilmagan. Yangi tilni o‘rganish yangi madaniyatni o‘rganish, yangi imkoniyatlar eshigini ochish demakdir. Dunyoda tarix, adabiyot, san’at, texnologiya, ilm-fanning aksariyat kitoblari, filmlari, musiqalari, badiiy asarlari va ilmiy tajribalari turli tillarda namoyon bo‘ladi. Ularni o‘qish, uqish va anglash uchun esa, albatta, til bilmoqlik hal qiluvchi o‘rin tutadi.  

Ta’kidlash joizki, til o‘rganish muloqot imkoniyatlarini kengaytiradi, shuning barobarida miya quvvatini oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir nechta tilda so‘zlashadigan odamlar faqat bitta tilda gapiradigan odamlarga qaraganda keng dunyoqarashli, yaxshiroq xotira, muammolarni hal qilish va yechim topish, diqqat-e’tiborni jamlash va kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lar ekan.

Inson qancha ko‘p til bilsa, tillarni mukammal egallasa, turli tillardagi kitob va manbalar qatlarida saqlanib kelayotgan boy va qimmatli ma’lumotlarni shuncha ko‘proq o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Bir tilli inson bitta ilmiy, badiiy, tarixiy manbaga ega bo‘lsa, 2-3 tilli inson esa o‘nta manbadan oziqlanish imkoniyatiga sazovordir. Shunday ekan, xorijiy tillarni o‘rganishga qunt bilan yondashish lozim bo‘ladi.  

Bugungi kunda yurtimizda bir nechta xorijiy tillarni puxta egallab, turli sohalardagi xalqaro tajribalarni o‘rganayotgan, amaliyotga tatbiq etayotgan, qator yutuqlarga erishayotgan yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz safi ko‘p. Aslida ularning yutuqlari ortidagi yutug‘i ham xorijiy tillarni puxta egallaganidir. Ikki va undan ortiq tilda so‘zlasha oladigan, o‘zga tillarda bilimlarni o‘zlashtira biladigan kadrlarimiz sonining yil sayin ko‘payib borayotgani quvonarli, albatta.  

Mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulkan maqsad oldimizga qo‘yilgan ekan, bunga erishishda zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyatini beruvchi ko‘ptillilik muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimizning barcha hududida, ta’lim-tarbiya muassasalarida xorijiy tillarni o‘rganish uchun shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Ta’lim maskanlarida xorijiy til o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha ustamalar belgilangan.  

Ta’lim tizimidagi bu islohotlar kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning ona tilimiz bilan bir qatorda xorijiy tillarni puxta o‘rganish va ilm-fanda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi.      

Dilso‘z Zoyirova,

TDYUU Xorijiy tillar kafedrasi dotsent v.b.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Til bilgan el biladi