Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-tur bahslari start oldi. Tur doirasidagi uchrashuvlar 28 aprel kunigacha davom etadi.

Avvalroq mazkur turni “Dinamo” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ochib berishi kerak edi. Biroq, 23 apreldan boshlab may oyining birinchi o‘n kunligigacha Samarqand shahrida oliy darajadagi mehmonlar tashrifi kutilgani sababli mazkur uchrashuv keyingi muddatga qoldirildi.  

Bellashuv Liga taqvimidan zaxira kuni sifatida belgilangan iyul oyining dastlabki kunlaridan birida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uning aniq sanasi 22 may kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanganidan so‘ng ma’lum qilinadi. Shuningdek, Superliganing 13–15-tur uchrashuvlari ham mazkur qur’a natijasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shu sababli 7-tur bellashuvlari 26 aprel kunidan boshlanadi. Ushbu sanada “Qo‘qon-1912” – “Xorazm”, “Mash’al” – “Surxon” va “So‘g‘diyona” – “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.  

27 aprel kuni esa “Nasaf” – “Qizilqum”, “Navbahor” – “Buxoro” hamda “Paxtakor” – “Sho‘rtan” uchrashuvlari o‘tkaziladi. Tur 28 aprel kungi “Bunyodkor” – OKMK bahsi bilan yakunlanadi.

Bugungi bahslar orasida "Surxon" va “Mash’al” klubi o‘rtasidagi o‘yin "Surxon arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.  

O‘zPFL ma’lumotiga ko‘ra, ushbu o‘yin Termizda tashkil etilayotganiga qaramasdan "Mash’al" nominal mezbon, "Surxon" esa mehmon sifatida qayd etildi.  

Klublar shu kunga qadar jami 14 ta o‘yinda o‘zaro raqobatlashgan. Unda "Mash’al" 6 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda durang qayd etgan. Qolgan 4 uchrashuv "Surxon" foydasiga hal bo‘lgan. To‘plar nisbati — 18/17 "Mash’al" foydasiga. Bu yilgi Superligada har ikkala klub hisobida bir xil 6 ochko bor. Biroq gollar nisbatiga ko‘ra, “Surxon” 11, “Mash’al” esa 14-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, 7-turning ilk bahslaridan yana biri Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida  “So‘g‘diyona” va “Andijon” klublari o‘rtasida tashkil etiladi. Ushbu jamoalarning to‘qnashuvlari doimo muxlislarda katta qiziqish uyg‘otadi. Shu bois ham jamoalarning o‘zaro uchrashuvlariga oid ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Milliy chempionatlar doirasida bu jamoalar 48 marta raqobatlashgan bo‘lib, ularda “So‘g‘diyona” 19 o‘yinda, “Andijon” 17 uchrashuvda ustun kelgan. Qolgan 12 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.

Hozirda “Andijon” 9 ochko bilan Superligada 6-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 4 ochko jamg‘arib, 15-o‘rindan joy olgan.

Ma’lumot uchun: Oltinchi tur yakunlariga ko‘ra, OKMK jamoasi 16 ochko to‘plagan holda Superliga turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. “Nasaf” 14 ochko bilan ikkinchi, “Bunyodkor” esa 12 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: 7-tur uchrashuvlari boshlanadi