Zamonaviy o‘quv adabiyotlari ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustahkam bilim va zarur ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim vositadir.

Mamlakatimizda yoshlarni ilg‘or tajriba va bilimlar bilan ta’minlash maqsadida yangi, sifatli darsliklar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bu jarayon nafaqat ta’lim mazmunini boyitadi, balki o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, innovatsion texnologiyalarga qiziqish kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Yangi adabiyotlar nazariy bilimlar bilan birga, amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini ham o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri metodologiya asosida tuzilgan darsliklar esa o‘quvchilarga mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil va amaliy yechimlar topishda yordam beradi.

Bugungi kunda yoshlarning raqamli texnologiyaga qiziqishi inobatga olinib, darsliklar turli interfaol usullar, vizual elementlar, QR-kodli ilovalar bilan boyitilmoqda. Bunda o‘quvchilarning yoshi, darslikning rangi, shriftlari va og‘irligi kabi jihatlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi avlod darsliklari 1–4-sinflarga joriy etilib, unda "4K" — kollaboratsiya, kommunikatsiya, kritik fikrlash va kreativlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, 5–6-sinflar uchun ham xalqaro tajribaga asoslangan darsliklar amaliyotga tatbiq etildi. Bu borada PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlaridagi namunaviy topshiriqlardan faol foydalanilgan.

Darsliklar bilan birga mashq daftarlari, metodik qo‘llanmalar ham ishlab chiqilib, pedagoglar faoliyatini samarali tashkil etishda yordam bermoqda. Hozirgi kunda 5–11-sinflar uchun ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish va milliy tizimga moslashtirish ishlari davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yangi darsliklarda milliy g‘oya va ajdodlarimiz merosi ham o‘z aksini topishi lozim. Albatta, milliy qadriyatlarni zamonaviy bilimlar bilan uyg‘unlashtirish – bu nafaqat adabiyotlarning mazmunini boyitadi, balki yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalaydi.

O‘quv adabiyotlarini samarali joriy etishda pedagoglarning malakasi hal qiluvchi omildir. Shu maqsadda muntazam tashkil etilayotgan "Metodik marafon", "Skills Up" va boshqa o‘quv-seminarlar hamda "Yagona ta’lim resurslari va xizmatlari" portali o‘qituvchilarga katta metodik yordam bermoqda.

Albatta, har qanday yangilik jarayonida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Biroq tizimli yondashuv, pedagoglarni doimiy qo‘llab-quvvatlash orqali bu qiyinchiliklar yengib o‘tiladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yangi o‘quv adabiyotlari – bu yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ularni mustaqil fikrlovchi, innovatsion fikrga ega shaxslar sifatida tarbiyalashga qaratilgan muhim poydevordir. Bu esa mamlakatimiz ta’lim tizimining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Shaxriyor Muhammadjanov,

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi O‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va joriy etish boshqarmasi boshlig‘i v.b.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limdagi yangi o‘quv adabiyotlari – zamonaviy bilimlar sari yo‘l