Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining siyosiy partiyalar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad — SHHT ruhini namoyon etishda siyosiy partiyalarning rolini oshirish hamda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Partiyalar forumida 26 ta davlatning 60 dan ortiq siyosiy partiyalari rahbarlari, deputatlari hamda vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning vakillari ham ushbu anjumanda ishtirok etib, turli yo‘nalish va mavzulardagi sessiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan chiqmoqda. 

Jumladan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Nodir Tilavoldiyev “Modernizatsiyaga erishish yo‘lida sivilizatsiyalararo muloqot va o‘zaro tajriba almashish jarayonini mustahkamlash” mavzusida chiqish qilib, bugun zamonaviy taraqqiyot faqat moddiy boylik va texnologik o‘sish bilan belgilanmasligi, asosiy mezon – inson qadri, madaniyatlararo bag‘rikenglik, global hamkorlik va o‘zaro tushunish kabi qadriyatlarga tayanishini ta’kidladi. 

Xalq demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Firdavs Sharipov esa partiya dasturiy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi tajriba hamda hamkorlik istiqbollari haqida ma’ruza qildi. 

Shanxay hamkorlik tashkiloti siyosiy partiyalar forumi o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim siyosiy platforma vazifasini o‘taydi. 

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT siyosiy partiyalar forumida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda