O‘zbek kinosi tarixida ayollar obrazini betakror ijro etgan ustoz san’atkor Lutfixonim Sarimsoqovaning ijodiy biografiyasi, o‘zbek san’atida tutgan o‘rni haqida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Omina Azizova bilan suhbatlashdik. 

— Lutfixonim Sarimsoqova nomini eshitgan tomoshabin ko‘z o‘ngida o‘zbekning bir qarasangiz ma’suma, bir qarasangiz qat’iyatli ona timsoli gavdalanadi. Bunga aktrisa qanday erishgan deb o‘ylaysiz?

— Kinoda o‘zbek onalariga turlicha tavsif beriladi: mehribon, samimiy, fidoyi, irodali, bolajon, sabr-toqatli. Ba’zi xollarda esa qat’iyatli va jasur shaxslar sifatida namoyon bo‘ladi. 

Lutfixonim Sarimsoqova rollarini mahorat bilan talqin etgan. Aktrisaning yuz ifodasi, tipaji, ma’suma nigohi, mayin tabassumi o‘zbek onalariga xos mehridaryolikni tasvirlaydi. Bejizga Lutfixonim Sarimsoqovaga o‘zbekning ayasi, degan ta’rif berilmagan. 

Aktrisa turli janrlarda xotin-qizlar va onalar xarakterini turlicha aks ettirgan. Dramalarda ular muhabbat va fidokorlik timsoli bo‘lsa, melodramalarda o‘z farzandlari uchun kurashuvchi qahramonga aylanadi. Lutfixonim Sarimsoqova repertuaridagi onalar farzandi uchun hamma narsaga tayyor, fidoyi shaxs sifatida tasvirlangan.

L.Sarimsoqova Mehri aya (“Mahallada duv-duv gap”, 1960) qiyofasida tipik umumlashma obraz yaratdi. San’atkorning fiziognomikasi xalq ayasi, onasi va momosini aks ettirardi. San’atkor umrining so‘nggiga qadar onalar obrazini ijro etdi va aktrisaga “aya” e’tirofi berildi. Mehri ayaga xos kuyunchaklik va ko‘ngilchanlik ichki garmoniya bilan ijro etildi. Mehri aya xalqona, bolajon obraz sifatida urg‘ulab ko‘rsatildi. Uning nigohida mung bor edi. Aktrisa tabassum bilan dard va alamni ko‘rsatdi. 

— Barchamiz uchun sevimli bo‘lgan “Sen yetim emassan” filmidagi Fotima xola obrazida birorta soxta epizodni uchratish qiyin. Bu aktrisaning mahorati bilan bog‘liqmi yoki o‘sha davr hayoti bilan?

— Oltmishinchi yillarda kinokomediyalar qatorida drama janridagi filmlar ham yaratildi. Urush yillari o‘n to‘rtta begona bolaga mehr berib, voyaga yetkazgan Mahkamovlar oilasi haqida hikoya qiluvchi “Sen yetim emassan” filmida L.Sarimsoqova va O.Jalilov kuchli dramatik qahramonlar xarakterini yaratdi va filmning janrini belgilab berdi. 

Fotima xola roli L.Sarimsoqova uchun atab yozilmagan bo‘lsa-da, obrazni aktrisa qiyofasidan ayro tarzda tasavvur etib bo‘lmaydi. Mazkur rol L.Sarimsoqovaga kinosinovlarsiz berilgan. O‘zbek ayolining matonati, irodasi va sabr-bardoshini ko‘rsatuvchi Fotima xola roli ijrosiga aktrisa og‘ir-vazminlik bilan yondashdi. Urushdan qaddi bukilgan, arang kun ko‘rayotgan xalqning dardini ko‘rsatib beruvchi Fotima xola umumlashma obrazi L.Sarimsoqova talqinida asoslandi. 

Filmdagi aktyorlar ijrosiga nisbatan yakuniy xulosa shuki, ijroda asoslanmagan biror kadrni topish mushkul. Har bir kadr, har bir epizod asosli va umumiy syujetni to‘ldirishga xizmat qilgan.

– Bugun ayrim filmlar orqali o‘zbek onalari siymosini salbiy obrazda ko‘rsatish ayollarga nisbatan hurmatsizlik ni keltirib chiqarmaydimi?

– Kinoda onalar obrazi nafaqat shaxsiy munosabatlarni, balki madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni ham aks ettiradi. Bu obraz orqali aktrisalar jamiyatdagi oilalar, ayollar, hamda bolalar taqdiri haqida fikr yuritishga chorlaydi. Ona timsoli kino orqali kelgusi avlodlarga tarbiya, mehr va bag‘rikenglik haqida axborot beradi. Shunday ekan, katta ekranga olib chiqilayotgan o‘zbekning onasi, ayoli, xotin-qizlariga nisbatan nomaqbul tamg‘a bosmaylik. Albatta, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, o‘zbek ayollari orasida ham salbiy xarakterga egalari uchrashi tabiiy. Lekin ularni kino orqali qahramon sifatida ko‘rsatish shart emas. 

O‘zbek ayollari doimo go‘zal sajiyada, chiroyli qiyofada, zamonaviy ruhda, o‘zining muhim va muqaddasligini saqlagan holda namoyon bo‘lishi kerak. Zero, mentalitetimizda ayollarga hurmat yuqori. Shunday ekan, obrazlar ham tomoshabinni ruhlantirishi, jamiyatda onaga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada mustahkamlashi joiz.

O‘zA muxbiri Nigora Rahmonova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
26 aprel – el suygan san’atkor Lutfixonim Sarimsoqova tavallud topgan kun