Bugun Toshkent shahrida “O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar” forumining ikkinchi kungi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda mahalliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro moliya tashkilotlari vakillari qatorida Jahon bankining O‘zbekistondagi dastur koordinatori Anastasiya Aleksandrova ham mavzu yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Forum doirasida mazkur xalqaro moliya tashkilotining mamlakatimizdagi dastur koordinatori Anastasiya Aleksandrova O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

– Avvalo, mazkur forum davlat xaridlari sohasida samarali muloqot maydoni bo‘lganini alohida ta’kidlamoqchiman. Jahon banki O‘zbekistonda uzoq yillar, aniqrog‘i, 30 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritmoqda. Bu tizim bo‘yicha ham mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz. Xaridlar sohasida biz amaliy va tahliliy jihatdan yondashamiz. Birinchidan, kundalik amaliyot darajasida loyihalarimiz Jahon bankining qoidalariga asoslangan xaridlar tizimi orqali amalga oshiriladi. 

Mazkur loyihalarni tatbiq etish mobaynida biz mahalliy kadrlarni jalb qilishimiz va o‘qitishimiz mumkin. Bu joylardagi vazirliklar va agentliklardagi mutaxassislarga ham taalluqli. Ular  jarayonlarni o‘rganib, bir vaqtning o‘zida o‘zlari ham faoliyatga kirishadi. Shu tariqa, davlat xaridlarini boshqarish tizimi xalqaro ilg‘or tajribalarga asoslanib quriladi.

Shuningdek, biz hukumatning davlat xaridlarini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Masalan, turli qonun loyihalarini tayyorlashda ishtirok etamiz. Ya’ni, biz texnik maslahatlar va tavsiyalar beramiz. Shu orqali davlat xaridlari sohasi nafaqat Jahon banki loyihalari, balki xalqaro ilg‘or tajribalarga muvofiqlashtiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladik.

Shu bilan birga, har bir mamlakatda milliy tizimlardan foydalanishga harakat qilamiz. Ularga yordam beramiz. Masalan, O‘zbekistonda “shaffof qurilish” loyihasi doirasida mahalliy qurilish ishlari bo‘yicha pilot tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Biz hozir bu tizimni chuqurroq o‘rganyapmiz.

O‘z navbatida, xalqaro va milliy mezonlarni ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish ustida ish olib boramiz. Bu nafaqat Jahon bankining, balki O‘zbekistondagi davlat boshqaruvining ham samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zA muxbiri

Nasiba Ziyodulayeva yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anastasiya Aleksandrova: Biz davlat xaridlarini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz