Xitoyda joriy yilning 29-30 aprel kunlari XIII Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati G1 klassifikatsiyasidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, kuni kecha yakuniga yetgan "WT President’s Cup Asian Region" G3 klassifikatsiyasidagi turnirda milliy terma jamoamiz ushbu nufuzli musobaqada 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalga ega chiqdi.
Aniqroq, aytadigan bo‘lsak, ushbu musobaqada Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg.), Jasurbek Jaysunov (-80 kg.), Marat Mavlonov (+87 kg.) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg.) oltin, Shuhrat Salayev (-87 kg.) kumush, Yodgorbek Jo‘raboyev (-87 kg.), Madina Mirabzalova (-57 kg.) va Svetlana Osipova (+73 kg.) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musobaqa yakunida terma jamoamiz bosh murabbiyi Pavel Xan musobaqaning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Erkaklar terma jamoamiz esa umujamoa reytingida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan birinchi bo‘ldi.
Umid qilamizki, XIII Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham taekvondochilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA