Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M15 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin chorak finalga chiqdi.

Hamyurtimiz musobaqaning nimchorak finalida neytral tennischi Bekan Atlangeriyev bilan raqobatlashdi va 7:5, 4:6, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi S.Fomin yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan uchrashuvda neytral tennischi Konstantin Jenov bilan kuch sinashadi.   

Turnirning juftlik bellashuvlarida Sergey Fomin va Pavel Verbin tandemi yarim final ostonasida chexiyalik Matyas Cherniy va Yonas Kuchera juftligini 6:2, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa 1/2 final bosqichida neytral tennischi  Ivan Denisov va polshalik Yasha Shayrix duetiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Sergey Fominni kim to‘xtata oladi?