Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalari rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan jurnalistlarga o‘z faoliyatlarini erkin amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoit yaratib berilyapti. Ular jamiyatimizda uchrab turadigan muammolarni dadil ko‘tarib chiqishga rag‘batlantirilmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, bugungi kunda jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni rivojlantirish, davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarimizning qonuniy murojaatlarini o‘rganish hamda hal qilish borasida ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘rni va ta’siri tobora ortib boryapti.

Shu jihatdan hokimlarning hudud rahbari, hukumatning ishongan vakili sifatida xalq bilan muloqot qilishi, bunda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanishi bugungi davr talabidir. Binobarin, odamlar biror muammoga duch kelsa, unga yechim izlab avvalo gazetaga murojaat qiladi. Mutasaddilarni shunga munosabat bildirishiga majbur etadigan, vijdonini uyg‘otadigan vosita, bu — matbuot!

Shu o‘rinda barcha jurnalistlarga ma’lum bo‘lgan bir faktni aytib o‘tish kerak — o‘z ish kunini gazeta o‘qishdan boshlashga odatlangan Erkinjon Turdimov hokim bo‘lib borgan joyda doim matbuot rivojlangan. Navoiy viloyatida ishlagan chog‘larida ham hududlardagi kamchiliklarni, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni gazetadan bilgan. Shuningdek, Surxondaryo va Samarqandda hokimlik paytlarida ham hatto viloyat, tuman gazetalarining obunasi sezilarli darajada ko‘tarilgan. Sharoiti haminqadar binolarda ishlab yurgan jurnalistlarga “Matbuot uyi” qurib bergani uchun haligacha rahmatnomalar yog‘iladi.

Shu bois Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim etib tayinlanganida, eng avvalo, mahalliy jurnalistlar xursand bo‘lishdi. Va bu ko‘p o‘tmay o‘zini oqladi. Viloyatdagi tuman-shahar gazetalarining aksariyati moliyaviy muammo tufayli nashr etilmayotgandi. Joriy yilda bunga chek qo‘yilmoqda: “Nurli istiqbol”, “Yangiyer hayoti”, “Xovos ovozi”, “Yangi Mirzaobod” va boshqa faoliyati to‘xtab qolgan gazetalar yana chop etila boshlandi. Bunda, albatta, yangi rahbarning ilk kunlardanoq hududdagi ommaviy axborot vositalari, xususan, bosma nashrlarga bo‘lgan katta e’tibori asosiy omil bo‘ldi. Natijada tahririyatlarda faoliyatni tiklash uchun oz bo‘lsa-da, moliyaviy imkoniyat yaratildi. Muassislar ko‘magida soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni uzishga ham alohida e’tibor qaratildi. Matbuot sahifalarida feleton, ocherk, esse kabi janrlar ko‘rina boshladi. Hokim gazetada chiqqan har bir tanqidiy maqolaga o‘z munosabatini bildiradi. Muammoga yechim bo‘ladigan zarur choralar ko‘riladi.

Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmaydi

Abdulla Qahhordan bir vaqtlar bir katta amaldor “Meni ham yozing bir maqtab”, deb so‘raganida, Abdulla Qahhor unga “Siz xo‘rozqand emassiz... Asarlaringizni o‘zi himoya qiladi”, degan ekan. Jurnalist haqiqatni yozishi kerak, bo‘layotgan ishlarni yolg‘ondan maqtasak, hech kim ishonmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘zlari ham har bir chiqishlarida yuqori minbarlardan turib, barcha sohadagi kamchiliklarni ochiq tanqid qilmoqda, matbuotni ham bunga chorlayapti. Viloyat rahbarlari ham mavjud kamchiliklarni joylarga chiqib, aholining o‘zidan ochiq eshitishiga undamoqda. Hozirgi kunda matbuotning dadillashi, o‘z nufuzini saqlab qolishi ziyoli hokimlaru ma’naviyat jonkuyarlariga bog‘liq. Ommaviy axborot vositalari shunchaki bir oddiy sohamas! Gazeta yopilib ketsa, xalqning manfaatini kim o‘ylaydi?

“Xalq so‘zi” gazetasida bu borada ko‘p chiqish qilingan bo‘lsa-da, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi Muhammad Ali Ahmadning “Hurriyat” gazetasining joriy yil 23 aprel sonida e’lon qilingan “Sirdaryoda gazetalarga e’tibor kuchaymoqda, lekin...” sarlavhali maqolasida ham tuman-shahar gazetalarining aksariyatiga muassislari, ya’ni hokimliklarning matbuot kotiblari bosh muharrirlik qilayotgani tilga olingan. Holbuki, ushbu vazifada ishlayotganlarning deyarli barchasi boshqa soha mutaxassislari bo‘lishi barobarida, bosma nashrlarni tayyorlash jarayonidan umuman bexabardir. Albatta, bunga birinchi navbatda, tuman-shaharlarda professional jurnalist kadrlar yetishmasligi sabab bo‘lmoqda. Bu boradagi muammoning yana bir asosiy ildizi tahririyatlarning kafolatli maoshning yo‘qligi va borida ham juda kamligidir.

Qovun qovundan rang oladi

O‘z boshpanasiga ega bo‘lmagan gazetalar ro‘yxati qatorida Buxoro viloyati hokimligi muassisligida chop etilayotgan “Buxoronoma”ni ham kiritish mumkin. 1920 yilda “Qutulish” nomi ostida dunyo yuzini ko‘rgan, 105 yil davomida nomi bir necha bor o‘zgargan gazeta taassufki, haligacha tuzukroq bir binoga yolchigan emas. Vaholanki, Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Qori Yo‘ldosh Po‘latov singari ma’rifatparvar jadid bobolarimiz viloyatning otaxon gazetasi sifatida el og‘ziga tushgan bu nashr poydevorini qo‘yishgan. Elimizning ardoqli farzandi Abdulhamid Sulaymonov, ya’ni Cho‘lpon bu gazetaga bir muddat bosh muharrirlik ham qilgan. Gazeta xalqimiz uchun oshkoralik minbariga, ma’naviyat ko‘zgusiga aylangan. Bu dargohdan oddiy kishilardan tortib, iste’dodli yoshlar, olimu ziyolilarning qadami uzilmagan. Bugun esa gazeta tahririyati ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Joriy yilning 24 aprelida gazetamizda chop etilgan Oliy Majlis Senati a’zosi Abdusaid Ko‘chimovning “Avliyolar diyori, alplar yurti — Buxoro” maqolasida ham viloyatning otaxon gazetasi hisoblangan “Buxoronoma”, bor-yo‘g‘i 1000 nusxa atrofida chop etilayotgani, “Kogon hayoti”ning adadi 200 ta... Mahalliy amaldorlar ichida “Bizga gazeta-jurnallarning keragi yo‘q” deydiganlar ko‘payib borayotgani tanqid qilindi. Darhaqiqat, keyingi ikki-uch yil “Buxoronoma” va “Buxarskiye vestnik” uchun og‘ir kechyapti. “Buxoronoma” adadi yaqinda arang ming nusxaga yetdi. “Buxarskiye vestnik”da ahvol yanada mushkul. Viloyatda ikki milliondan ziyod aholi yashayotgani inobatga olinsa, shunday gazetalar borligidan xabardorlardan ko‘ra xabarsizlar o‘n, yuz hissa ko‘p, deya achchiq o‘yga botasan, kishi.

Tahririyatning iqtisodiy ahvoli tang. Buyoqda ijara pulini to‘lash masalasi bor. Maosh miqdorini esa aytgani til bormaydi. Shu bois ko‘plab jurnalistlar moyanasi durustroq ishlarning etagidan tutib ketishdi. Yosh qalamkashlar esa gazetchilik mashaqqatidan cho‘chibmi yoki yoshi ulug‘roq hamkasblarining ahvolini ko‘ribmi, tahririyatga ishlagani o‘zlarida jur’at topishmayapti. Bir paytlar Buxoro jurnalistika maktabi desa, ziyolilar ko‘z o‘ngida “Buxoronoma” (avvalgi “Buxoro haqiqati”) gavdalanadigan, hayot qaynab turgan go‘shada sukunat hukmron.

Sirasini aytganda, tuman gazetalarining ahvoli bundan-da battar. Buxoro tumani hokimligi muassis sanalgan “Galaosiyo ovozi” chop etilmayotganiga ikki yilcha bo‘ldi. Peshku, G‘ijduvon tumanlari gazetalari haqida ham shunga o‘xshash gapni aytish mumkin. Ayrimlari muharrirning sa’y-harakati bilan oyda bir bor chop etilyapti. Masalan, Qorako‘l tumani gazetasi oyiga bir marta 502 nusxada o‘quvchilar qo‘liga yetmoqda. 170 ming aholisi bo‘lgan tuman uchun bu ko‘pmi yoki kam? Bu savolga tuman mas’ullari javob izlab ko‘rishar. Darvoqe, gazetalar ahvoli shu ekan, muassislar-chi, ular nega ma’naviyat, ma’rifat ko‘zgusi vazifasini o‘taydigan o‘z nashrlariga shu qadar e’tiborsiz?

— Tahririyatimiz uchun bino quriladigan bo‘ldi, ko‘p yillik orzumiz ушал­япти, deya suyundik, — deydi bir muharrir. — Ammo hokimimiz viloyat gazetasi binosiz ekanidan xabar topib, to‘nini teskari kiydi. “Viloyatda qilinmagan ishni qilsak, qanday bo‘larkin?” deb cho‘chidi chog‘i ortga chekindi. O‘rinli gap. Yon-atrofga qarasangiz, “Falonchi pora olibdi, pismadonchi o‘qituvchiga qo‘l ko‘taribdi” qabilidagi gap-so‘zlar quloqqa tez-tez chalinadi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni-ku aytmay qo‘ya qolaylik. Bularning barchasi gazeta-jurnal, kitob mutolaasidan uzoqlashib ketilgani oqibati emasmi? Ma’naviyatsizlik, ma’rifatsizlik oqibatlariga oid misollardan esa istalgancha keltirish mumkin.

— Ko‘plab o‘g‘il-qizlar ijtimoiy tarmoqlarga ipsiz bog‘lanib qolmoqda, — deydi g‘ijduvonlik pedagog Nasiba Rustamova. — Internetdan o‘z bilimlarini oshiradigan ma’lumotlarni olishsa, bunga aslo qarshiligimiz yo‘q. Ammo aksariyat yoshlar kishining ma’naviy dunyoqarashini buzadigan, axloqsizlikni targ‘ib etadigan, milliyligimizga yot axborotlar ta’siriga tushib qolyapti. Bu ko‘plab oilalarda gazetxonlik, kitobxonlik an’analari yo‘lga qo‘yilmagani oqibatidir.

Bir paytlar qishlog‘u mahallalarda gazeta-jurnal kirib bormagan xonadon bo‘lmas edi. Choyxonalaru sartaroshxonalarda davriy nashrlar turardi. Bejiz shunday yo‘l tutilmagan. Davriy nashrlar kuchli tarbiya vositasi sanaladi. Uni o‘qib borgan o‘g‘il-qiz oqu qorani, yaxshi bilan yomonni taniydi. Yurtparvar, oilaparvar bo‘lib o‘sadi. Buxoroda afsuski, tahririyat bilan nashriyotning, muharrir bilan muxbirning farqiga bormaydigan amaldorlar ham bor. Darvoqe, shu yilda viloyat hokimining OAV xodimlari bilan uchrashuvida qalamkashlardan biri Buxoroda matbuot uyi yo‘qligini, jurnalistlar tarqoq ishlab yurganini aytib eski yarani yangiladi. Hokim, o‘z navbatida, yangisi qurilgunicha (o‘zi qurilarmikan?) vaqtincha bo‘lsa-da, bir bino ajratish uchun mas’ullardan taklif kiritishni so‘radi. Oradan salkam ikki oy o‘tganini aytmasa, hozircha “muz” o‘rnidan jilgani yo‘q.

Tanganing ikkinchi tomoni...

Hozirgi kunda matbuotda ko‘tarib chiqilayotgan biron tanqidiy masalaga mas’ullarning javob yoki munosabat bildirgisi kelmaydi. Ayrim rahbarlar o‘z faoliyati matbuotda tanqid qilinsa ham qilt etmaydigan darajada beti qattiqlashib ketgan. Yoki bunga matbuotimiz so‘zining ta’siri pasayib ketayotgani sababmikan? Har yili jurnalist tayyorlaydigan oliy dargohlar yoki maktablardan qancha jurnalist kadrlar yetishib chiqadi. Nega ularning hech biri tuman-shahar tugul, viloyat gazetasining muxbiri sifatida ham ko‘rinish bermayapti? Bularning taqdiri kimnidir o‘ylantiradimi? Bu borada yana bir muammo borki, yosh jurnalistlarning aksariyati bosma OAVda ishlashga tayyor emas. Vaholanki, bosma ommaviy axborot vositalarida ishlab, tahrirdan, tahlildan va albatta, so‘z san’atidan hamda ustozlardan amaliy saboq olgan borki, barcha ommaviy axborot vositalarida mahorat bilan faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taklif shuki, jurnalistikada o‘qiyotgan yoshlar amaliyot uchun ko‘proq bosma OAVga yo‘llansa, albatta, ular kelajakda har jihatdan yetuk jurnalist bo‘lib yetishadi. Jurnalist kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan hududlar uchun alohida kvotalar asosida talabalar qabul qilinsa, ular o‘qishni bitirgach ma’lum muddat aynan, o‘sha tuman-shaharlardagi bosma OAVda ishlashi joriy etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Biz dadil, o‘ktam, yurt va millat egasi bo‘lgan jurnalistikamizning kelajagini o‘ylashimiz, matbuotimiz nufuzini qaytarish tarafdorimiz. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda”.

«Xalq so‘zi»dan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim: men kunni gazeta o‘qishdan boshlayman