Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida ot sportining ikki asosiy yo‘nalishi — to‘siqlardan sakrash (konkur) va ot yo‘rttirish (dressaj) turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, Jahon kubogi 1–2 saralash bosqichlari, Osiyo kubogi, CDI1* (FEI Dressage xalqaro darajadagi musobaqa), “FEI Dressage World Challenge” musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Ushbu nufuzli sport tadbirlari orasida ot yo‘rttirish yo‘nalishidagi CDI1* va “FEI Dressage World Challenge” musobaqalarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi chavandozlari munosib ishtirok etdi va yakkalik bahslarda umumiy hisobda 4 ta oltin, 6 tadan kumush va bronza, jami 16 ta medal jamg‘ardi. Shuningdek, jamoaviy bellashuvlarda terma jamoamiz 2-o‘rindan joy oldi.

Endi dunyo va o‘zbek chavandozlari to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida 27 aprel kuniga qadar o‘tadigan Jahon kubogi (2-bosqich), “Maxima Masters Eurasia” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi musobaqalarida ishtirok etadi.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, barcha xalqaro musobaqalar 28 aprel kuniga qadar davom etadi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimizning xalqaro turnirlardagi muvaffaqiyatlari