Bugun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hamid G‘ulom tavallud topgan kun. U 1919 yil 25 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Atoqli shoir va yozuvchi Hamid G‘ulom bir qator markaziy gazetalarda, O‘zbekiston Davlat nashriyotida hamda radioda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1958 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Boshqaruv kotibi, so‘ngra G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotning direktori sifatida ishlagan.

Uning "Qo‘shiqlarim", "Dnepr bo‘yida", "G‘alaba yo‘lida" kabi asarlarida xalqimizning fashizmga qarshi kurashdagi qahramonligi yorqin aks etgan. Kitobxonlar orasida "Mash’al" romani, "Olmos qizi" va "Yozyovon" povestlari, shuningdek, "Toshkentliklar" asari yaxshi tanish. Adibning "Vafoning uzun yo‘li" nomli xotiralar to‘plami ham o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olingan.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, "El-yurt hurmati" va "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi Hamid G‘ulom, yurtimiz mustaqillikka erishgan davrda, istiqlol farzandlari — yoshlarga ich-ichidan o‘ksinib, quyidagi satrlarni yozgan edi:

OH, SENING YOSHLIGING MENDA BO‘LSAYDI…

Ko‘ngil yoshligini har dam qo‘msaydi,

Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi!

Takror etmas edim bag‘ri toshliging,

Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging!

Namuncha yengilsan, namuncha daydi!

Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi!

Bo‘lmasdi beg‘amlik, bebardoshliging,

Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging!

Tong yulduzi kabi bir on kulsaydi!

Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi,

O‘tda yondirardim ko‘ngil g‘ashliging,

Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging!

Yurak ilk sevgiga yana to‘lsaydi!

Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi,

Shodlik, ko‘klamliging, serquyoshliging

Jahon yoritardi xuddi Yoshliging!

Hamid G‘ulom 2005 yilda vafot etgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi…" – Hamid G‘ulom xotirasiga