Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Unda 30 davlatdan kelgan polvonlar qit’a chempionligi uchun kurash olib bormoqda.

Mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 18 nafar dzyudochi bilan ishtirok etmoqda. Chempionatning ilk kungi bellashuvlarida erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48, -52 kg. vazn toifalarida medallar uchun bahsga kirishadi. Unda 5 nafar vakilimiz tatamiga chiqadi.

Quyida dzyudochilarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishasiz: 

-48 kg: Halima Qurbonova — Yi-Chun Shen (Xitoy Taypeyi)/Su Song Jon (KXDR)

-48 kg: Laziza Haydarova — Hui Xinran (Xitoy) 

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova — Maryam Maharani (Indoneziya)

-60 kg: Bahrom Boturov — Ling Yun Vey (Xitoy)

-66 kg: Zamahshari Bekmurodov — Cheng Yon-Ming (Xitoy Taypeyi)/Abel Bakitbek Uulu (Qirg‘iz Respublikasi)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Osiyo chempionligi uchun yurishini boshladi