O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Turkiyaga tashrifi davom etmoqda. Senat Raisi Anqarada Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston-Turkiya aloqalari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Parlamentlar davlatlararo hamkorlikni chuqurlashtirishda tobora faol ishtirok etayotir. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati, tegishli qo‘mitalar va do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlik  kuchaytirilmoqda. 

Madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, hududlararo tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi. Turkiy tilli mamlakatlar parlamentlari va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolandi.

Bu nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, balki butun mintaqada barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim diplomatik qadamdir.

***

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan kitoblar va nashrlar taqdim etilgan parlament kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi. T.Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirdi. 

Shuningdek, T.Norboyeva Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk xoki qo‘yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Turkiyaning buyuk davlat arbobi Otaturk qabriga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolandi