Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY hududidagi Sijjaksoyning Piskomsoyga qo‘shilish joyidan chaproqda qadimiy hunarmandlar mahallasi aniqlandi.

Mart oyi oxirida Chorvoq suv ombori atrofida olib borilgan arxeologiya qidiruv-kuzatuv ishlari chog‘i ushbu zaxira maskaniga qo‘shiladigan Chotqolsoyning chap sohilidagi Qorovultepa va Sijjaksoyning chap qirg‘og‘idagi Maslahattepada tadqiqot o‘tkazildi.

Shuningdek, mutaxassislar Sijjak MFY shimoli-sharqida, Piskomsoyning o‘ng sohilida doirasimon shakldagi qurilmalar izini aniqlashdi. Shu atrofda sochilib yotgan temir toshqol, kamon o‘qi uchi, sirlangan va sirsiz sopol idish parchasiga duch kelishdi.

Shundan so‘ng belgilangan ikki joyda O‘zbekisiton milliy universiteti Arxeologiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida qazish ishlari olib borildi. Natijada hozirgacha saqlanib qolgan doirasimon qurilma izi kulolchilik mahsulotlarini pishirishda foydalanilgan xumdonlar o‘rni ekani ayon bo‘ldi.

Ikki dona xumdon ochib o‘rganilgan maydonda yana 15 dan ziyod aylana shaklidagi idish, metall eritish pechi izi saqlangan.

Sochilgan sopol parchalarining dastlabki tahlili bu hududda IX-XVIII asrlar oralig‘ida hunarmandlar – kulol va temirchilar ustaxonalari joylashganidan guvohlik bermoqda. Kelgusida tadqiqot davom ettirilib, manzil yanada chuqurroq o‘rganiladi.

Dilmurod Normurodov, O‘zMU dotsenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sijjakda hunarmandlarning qadimiy ustaxonasi topildi