Pul – inson hayotining ajralmas bir bo‘lagi. U bilan biz har kuni yuzlashamiz: do‘konda, bozorda, turmushimizda. Har birimiz uni qo‘lga olamiz, foydalanamiz. Ammo ko‘pchiligimiz bu boylik ortida ko‘zga ko‘rinmas xavf yashiringanligi va uning salomatligimiz uchun qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida negadir o‘ylamaymiz.
Mavzu yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnomada fuqarolar sabablari turlicha ekanligini bildirishdi.
Agar, qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelishini hisobga olsak, mutaxassislarning “puldan turli kasalliklar yuqishi” haqidagi berayotgan ma’lumotlari o‘rinli, albatta.
Demak, pul nafaqat farovonlik keltiradi, balki gigiyenaga e’tibor bermaslik, minglab infeksiya va bakteriyalarning organizmimizga tushishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot to‘plash jarayonida biz mutaxassislar bilan birgalikda, pul ustida maxsus laboratoriya tekshiruvini ham o‘tkazdik.
Batafsil:
<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/g7QqbLKHa6M" title="Qog`oz pullar millionlab mikroblar tashuvchisi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA