Qonun loyihasiga sharh

Savdoda adolatli qoidalarni o‘rnatish va bunda barcha a’zolarga teng sharoit yaratish Jahon savdo tashkilotining eng muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi. Ammo chetdan olib kelinayotgan tovarlar uchun davlatiga qarab turlicha stavkalarning qo‘llanilishi teng raqobat muhitiga salbiy ta’sir qiladi. 

Shu munosabat bilan ushbu yo‘nalishdagi tartiblarni Jahon savdo tashkilotining qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish, adolatli qoidalar asosida savdoni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha parlament quyi palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Nargiza Salomova batafsil gapirib berdi. 

— Mamlakatimizda iqtisodiy salohiyatni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, erkin bozor tamoyillarini amalda tatbiq etishni kengaytirish hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishini jadallashtirish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon savdo tashkilotining eng muhim talablaridan biri esa savdoda teng sharoit yaratishdir.

Amalda mamlakatimiz uchun import tovar olib kirishda 57 ta davlat eng ko‘p qulay rejimiga ega hisoblanadi. Mazkur davlatlardan boshqa, ya’ni eng ko‘p qulay rejimiga ega bo‘lmagan davlatlardan O‘zbekistonga keltirilayotgan tovarlar uchun tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlar mavjud bo‘lmaganida, import bojini 2 karra oshirib qo‘llash amaliyoti mavjud. Endilikda ushbu amaliyot bekor qilinmoqda. 

Hujjatda ko‘zda tutilayotgan normalar iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shuningdek, milliy qonunchilik normalarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisobiga adolatli qoidalar asosida savdoni amalga oshirish, import va eksport geografiyasi oshishiga zamin bo‘ladi. Import bojini 2 karra oshirib qo‘llash amaliyotining bekor bo‘lishi, o‘z navbatida, olib kelingan tovarlarning bozor narxlarini ham pasaytiradi. Bu esa aholi uchun ham qulaylikdir. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/J5HtGixJ6VI" title="Import bojini 2 karra oshirib qoʼllash amaliyoti bekor qilinmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Doniyor Yoqubov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Import bojini 2 karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinmoqda (+video)